“Oʼzagroinspeksiya”ning Fargʼona viloyat boshqarmasi nazorati ostida hududlarda 2021 yil hosili uchun fermer xoʼjaliklari va boshqa qishloq xoʼjaligi korxonalari tomonidan yuqori nav va avlodlarga 29 924 tonna sifatli gʼalla urugʼligi yetishtirildi.
Viloyatning “Fargʼonadonmahsulotlari” АJga qarashli Fargʼona DQQSh va Margʼilondon DQQSh urugʼlik sexi, “Qoʼqondonmahsulotlari” АJ qoshidagi urugʼlik sexi, Rapqon urugʼlik sexi, “Quvaddonmahsulotlari” АJ qoshidagi urugʼlik sexi va “Bagʼdoddonmahsulotlari” АJga qarashli Bagʼdod urugʼlik sexlarida 2021 yil gʼalla hosili uchun urugʼlik donni nav va avlodlari boʼyicha alohida omborlar va maxsus joylarga jamgʼarildi.
Yuqoridagi don korxonlarining urugʼlik sexlarda bugyngi kunda qabul qilingan urugʼlik gʼallani saralash ishlarini yakunlab, dorilash ishlari olib borilmoqda.
Urugʼlik donlarni dorilashda Davlat kimyo komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan preparatlardan foydalanish muntazam nazoratga olingan boʼlib, asosan chang va qattiq qorakuya kasalligiga qarshi Аmmoniy salitsilat, (Bahor 0,75 l/tn), Tebukonazol (Deltebu 0,45 l/tn) Tebukonazol (Gerkules 0,45 l/tn) kimyoviy preparatlari bilan dorilanmoqda.
Viloyatda jami 29 924 tonna urugʼlik donni dorilash belgilangan boʼlib, bugungi kun holatiga bir kunda 693 tonna, mavsum davomida 7 523 tonna urugʼlik don dorilanib, rejaga nisbatan 25,1 foizni tashkil etmoqda.
Jumladan, “Fargʼonadonmahsulotlari” АJga qarashli Fargʼona urugʼchilik sexida reja boʼyicha 5 330 tonna urugʼlik donni dorilash belgilangan boʼlib, bir kunda 90 tonna, mavsum davomida 1 022 tonna yoki rejaga nisbatan 19,2 foiz urugʼlik don dorilgan, Margʼilon urugʼchilik sexida esa 4 404 tonna tonna urugʼlik donni dorilash belgilangan boʼlib, bir kunda 80 tonna, mavsum davomida 839 tonna urugʼlik don dorilanib, rejaga nisbatan bajarilgan ish 19,1 foizni tashkil etmoqda.
“Qoʼqondonmahsulotlari” АJ qoshidagi Qoʼqon urugʼlik sexida 6 338 tonna tonna urugʼlik donni dorilash belgilangan boʼlib, bir kunda 153 tonna, mavsum davomida 1 992 tonna yoki rejaga nisbatan 31,4 foiz urugʼlik don dorilgan, Rapqon urugʼlik sexi reja boʼyicha 4 812 tonna urugʼlik donni dorilash belgilangan boʼlib, bir kunda 121 tonna, mavsum davomida 1 524 tonna urugʼlik don dorilanib, rejaga nisbatan 31,7 foizni tashkil etmoqda.
“Bagʼdoddonmahsulotlari” АJga qarashli Bagʼdod urugʼlik sexida 6 678 tonna urugʼlik donni dorilash belgilangan boʼlib, bir kunda 140 tonna, mavsum davomida 1 667 tonna urugʼlik don dorilgan boʼlib, reja 25,0 foizga bajarilgan.
“Quvaddonmahsulotlari” АJ qoshidagi urugʼlik sexida 2 363 tonna urugʼlik donni dorilash belgilangan boʼlib, bir kunda 103 tonna, mavsum davomida 479 tonna urugʼlik don dorilgan boʼlib, reja 20,3 foizga bajarilgan.
Urugʼlik donlarni nav va avlodlar boʼyicha dorilash ishlarini muntazam ravishda boshqarmaning tuman boʼlimlari katta inspektorlari tomonidan nazoratga olingan boʼlib, navlar va avlodlararo mexanik aralashib ketishining oldini olish va sifatli dorilanishi doimiy nazoratga olingan.
“Oʼzagroinspektsiya”ning Fargʼona viloyat boshqarmasi