Ру Ўз O`z En

Toshkent viloyatida 2025-yil hosili uchun parvarish qilinayotgan urug‘lik g‘alla maydonlari inspeksiya nazoratida.

14 Mart 2025 69

Mamlakatimiz aholisi sonining o‘sishi natijasida don mahsulotlariga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Bu talabni qondirish va boshoqli don ekinlarida yuqori hosildorlikka erishish uchun sifatli urug‘lik don yetishtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu sababli, kelgusi yil hosili uchun boshoqli don yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalariga ekish uchun sifatli, sara urug‘lik don yetkazib berish maqsadida 2025 yil hosili uchun urug‘lik don yetishtirish huquqini qo‘lga kiritgan xo‘jaliklar klasterlar, ilmiy tadqiqot institutlari, xususiy urug'chilik fermer xo‘jaliklari va Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga qarashli elita urug'chilik xo‘jaliklari tomonidan urug‘lik g‘alla yetishtirish ishlari Inspeksiya tomonidan nazoratga olingan.

Xususan, Toshkent viloyatining 8 ta tumanida 160 ta urug'chilik xo‘jaliklarining jami 8 ming gektar urug‘lik maydonlarida boshoqli don ekinlarning 18 ta navidan 25,8 ming tonna sifatli sara urug‘lik don yetishtirish rejalashtirilgan.

Ushbu maydonlarning 1 ming 27 gektarini ko‘paytirish ko‘chatzori 6 ming 418 gektarini superelita va 556 gektarini elita avlodli urug‘lik maydonlar tashkil etadi.

Urug‘lik g‘alla maydonlariga boshoqli don ekinlaring 18 ta seleksion navlari ekilgan bo‘lib, asosiy maydonlarga “Asr”, «Alekseyeich», «Grom», “Vassa”, «Antonina», «Bezostaya-100», «Vexa», «Ultra», “Obod”, «Grud», «Grom», «Yelanchik», «Sobirbosh», «Temiryazovka-150» navlari ekilgan.

Urug‘lik maydonlaridan sifatli urug‘lik don yetishtirilishini taʼminlash maqsadida Inspeksiyaning Toshkent viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlarining Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining yetishtirilishini nazorat qilish sho‘basi mutaxassislari tomonidan urug‘lik maydonlaridagi g‘allaning xar-bir rivojlanish fazalarida belgilangan agrotexnik tadbirlarni muddatlarida va sifatli bajarilishini nazorat qilish maqsadida monitoring kuzatuv ishlari olib borilmoqda.

Monitoring natijalarida urug‘lik maydonlaridagi g‘alla tuplash fazasida rivojlanayotganligi kuzatilgan.

Hozirgi kunda g‘allani rivojlanishini tezlashtirish va kasalliklarga chidamliligini oshirish maqsadida azotli o‘g‘itlar va biostimulyatorlar yordamida o‘simlikning bargidan suspenziya usulida oziqlantirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining yetishtirilishini nazorat qilish sho‘ba boshlig‘i SH.Usubaliyev

 

Text to speech