Ру Ўз O`z En

Sifatli don-sifatli non demakdir

14 Iyun 2024 913

Joriy yilda Andijon viloyati fermer xo‘jaliklari tomonidan don korxonalariga davlat ehtiyoji uchun 176 ming 552 tonna tovar va 15 ming 250 tonna urug‘lik don topshirish bo‘yicha kontraktatsiya shartnomalari tuzilgan va kontraktatsiya shartnomalarida davlat ehtiyoji uchun 3-sinf talabiga mos bug‘doy doni topshirishlari belgilangan. Buning uchun fermer xo‘jaliklari bugungi kunda nimalarga eʼtibor berishlari va ular uchun bu qanday iqtisodiy ahamiyatga egaligini bilishlari juda muhimdir.

Don qabul qilish korxonalariga topshirish rejalashtirilgan bug‘doy doni, tayyorlash va yetkazib berishga bo‘lgan talablar davlat standarti asosida qabul qilinadi va ushbu meʼyoriy hujjatga asosan bug‘doy doni sifatiga ko‘ra 5 ta sinfga bo‘linadi. Don korxonalariga topshirilgan don uchun fermer xo‘jaliklari bilan hisob-kitob ishlari davlat standartida ko‘rsatilgan sinflar bo‘yicha olib boriladi.

So‘ngi yillarda viloyatda don yetishtirish salmog‘i ko‘payib Davlat xirmonlariga 176 ming 552 tonna atrofida sifatli don qabul qilib olinmoqda.

O‘z navbatida yetishtirilayotgan donni davlat omborlariga qabul qilib olinishi, sifatli saqlanishi hamda donni qayta ishlashda don va don mahsulotlaridan oqilona foydalanishda “O‘zagroinspeksiyaning Andijon viloyati boshqarmasi xodimlarining ham alohida o‘rni bor.

Andijon viloyatida don yetishtirish uchun o‘tkazilgan izlanishlar, donni nonvoychilik xususiyatlariga qarab nav tanlashda “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi Andijon viloyati filiali xodimlari hamda viloyat don korxonalari mutaxassislari bilan birgalikda bahamjihat mehnat qilib 2024 yil hosili uchun sifatli bug‘doy tayyorlandi.

Ushbu yetishtirilgan g‘allani nonvoychilik xususiyatlari umumtahlil (obesledovaniye)dan o‘tkazilganda 5 ballik mezon bilan baholashda 4 ball bilan baholanadi.

Andijon viloyatida Davlat resursidagi donni qabul qilish, saqlash va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi korxonalar timsolida bu ishlarni bajarilishi monitoring qilinganda 2024 yil hosilidan qabul qilingan boshoqli donlar 1 sentyabr holatida to‘liq omborlar va maxsus yopiq sig‘imlarga kiritilib saqlanishi rejalashtirilgan.

Keyingi yillar mobaynida donni saqlash ishlarini yana-da yaxshilash maqsadida zamonaviy turdagi metall sig‘imlar va shamollatish turlari mavjud mexanizatsiyalashtirilgan omborlar, bular, “AndijondonmahsulotlariAJda 10 000 tonna sig‘imga ega ombor xamdaAndijondonmahsulotlariAJga qarashli Paxtaobod DQQSHda 10 000 tonna sig‘imga ega omborlar, “Asakadonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatida 15 000 tonna, “Qo‘rg‘ontepadonmahsulotlariAJga 10 000 tonna sig‘imga ega bo‘lgan mexanizatsiyalashtirilgan omborlar qurilib ishga tushirildi.

Qabul qilingan don mahsulotlari sifati, saqlanishi, ularni joylashtirish tartibiga rioya qilinishi, ularning miqdori va sifati bo‘yicha hisobga olishning to‘g‘riligi, donlarning saqlashda tabiiy kamayish normalari qo‘llanishining asoslanganligi ustidan doimiy nazoratini amalga oshirish inspeksiyaning asosiy vazifalaridan biridir.

 O‘.Xolmirzayev, Don, urug‘lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i

Text to speech