Ру Ўз O`z En

SIFATLI URUG‘LIK DON YETISHTIRISH NAZORATDA

1 May 2025 31

Urug‘lik don yetishtirish borasida Buxoro viloyatida ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator ishlar olib borilmoqda.

Viloyatda 2025-yil hosili uchun 1 ta g‘allachilik klasteri, 5 ta “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” DM viloyat boshqarmasiga qarashli elita xo‘jaliklari va 169 ta qishloq xo‘jaligi korxonalari va fermer xo‘jaliklarining 5218 gektar maydoniga “Alekseich”, “Axmat”, “Vassa”, “Velena”, “Soberbosh”, “Grom”, “Gurut”, “Elanchak” va boshqa g‘alla navlari ekilib, bugungi kunda belgilangan agrotexnik tadbirlar asosida parvarishlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Tumanlarda tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra, viloyatda 2025-yil hosili uchun ekilgan 5162 gektar urug‘lik g‘alla maydonlarning, 5162 gektarida 4-monitoring ishlari o‘tkazildi, unga ko‘ra 3546 gektar yoki 69,0 foiz naychalash va 1615 gektar boshoqlash yoki 31 foiz boshoqlash fazasida rivojlanmoqda. Urug‘lik g‘alla maydonlarining 5162 gektari maydoni uchinchi oziqlantirish ishlari amalga oshirilgan.

Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari inspektorlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktyabrdagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 641-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida urug‘chilik subyektlari rahbarlariga g‘alla maydonlarini aprobatsiya ko‘rigiga tayyorlash, pannolar o‘rnatish, begona navlar va o‘tlardan tozalash, qo‘lda navdorlik o‘tog‘ini o‘tkazish, haqida yozma ogohlantirish xatlari berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonunining 35-moddasiga asosan urug‘lik don qabul qiluvchi urug‘lik sexlarining masʼul va javobgar shaxslariga urug‘lik materiallarini qabul qilish, joylashtirishda davlat standartlar talablariga rioya qilish yuzasidan hamda aprobatsiya komissiya aʼzolari tomonidan aprobatsiya jarayonini belgilangan talabalar asosida sifatli o‘tkazish yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.

“O‘zagroinspeksiya”ning Buxoro viloyati boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i Z.ASLANOV 

Text to speech