Ру Ўз O`z En

Sirdaryo viloyatida kelgusi mavsum uchun qishloq xoʼjaligi texnikalarini taʼmirlash ishlari avjida

3 Dekabr 2020 2390

Аyni kunlarda dalalardagi ishlarni yakuniga yetkazayotgan dehqonu fermerlar kelgusi yil tayyorgarligini boshlab yuborganlar. Joylarda bahorgi mavsumda ishtirok etadigan texnika vositalarini taʼmirlash ishlari muhim bosqichda.

Sirdaryo viloyatida 2021 yil bahorgi dala ishlarini oʼz vaqtida va optimal muddatlarda oʼtkazilishini taʼminlash maqsadida mavsumda ishtirok etadigan 994 ta chopiq traktorlari, 968 ta kulьtivatorlar, 499 ta chigit ekish seyalkalar, 291 ta gʼalla oʼrish kombaynlari, 361 ta purkagichlar, 232 ta mineral oʼgʼit sepgichlar, 171 ta yer tekislagichlar, 522 ta chizellar va 7073 dona tishli boronalar markazlashgan holda tumanlarda joylashgan mashina trаktor parklariga yigʼilib, taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Texnikalarni taʼmirlashni va ularni mavsum ishlariga qabul qilib olishda Inspektsiya xodimlari tomonidan amalga oshirilishi lozim boʼlgan ishlar yuzasidan joylarda tuman hokimligi mutasaddi xodimlari, fermer xoʼjaligi rahbar va mexanizatorlari, Inspektsiyaning tuman boʼlim boshligʼi hamda texnika holati va agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish inspektorlari ishtirokida oʼquv amaliy seminarlar oʼtkazilib kelinmoqda.

Tadbirda texnikalarni taʼmirlash jarayonida nazorat ishlarini olib borish, taʼmirlash ishlariga alohida eʼtibor qaratish hamda taʼmirdan chiqqan texnikalarni qabul qilib olish yuzasidan hujjatlarni yuritilishi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilmoqda.

Shu bilan birga sohada uzoq vaqtdan buyon faoliyat olib borayotgan inspektorlar, fahriy muhandislar yosh inspektorlarga texnikalarni mavsum ishlariga qabul qilish, taʼmirlash sifatini tekshirish yuzasidan oʼz tavsiyalarini berib, hayotiy tajribalari bilan oʼrtoqlashdilar.

Yuqoridagilardan hulosa qilish mumkinki, nosoz texnikalarni oʼz vaqtida ustaxonalarda jamlash, taʼmirlash sifatini belgilaydigan omillardan biri sanaladi. Sifatli taʼmirlangan texnika esa kelgusi yil hosilini moʼl boʼlishida muhim sabab, qolaversa, dehqonning ogʼirini yengil qilishda temir qanot hisoblanadi.

 

Аbdulatif Qosimov, “Oʼzagroinspektsiya” Sirdaryo viloyat boshqarmasi, Texnika holati va agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish boʼlimi katta inspektori.

Text to speech