Ру Ўз O`z En

Sirdaryoda 12 ming 326 gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar o‘rnatiladi

14 Yanvar 2021 2000

So‘nggi yillarda mamlakatimizda suv resurslaridan samarali foydalanish asosida sug‘oriladigan maydonlardan olinadigan hosil miqdorini oshirish va sifatini yaxshilash orqali mamlakat aholisi turmush darajasini yuqori pog‘onalarga ko‘tarish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish va barqarorligini ta’minlashning eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri bu ekinlarini sug‘orish uchun tomchilatib sug‘orish tizimlarini qo‘llashdir.

Ma’lumotlarga ko‘ra Sirdaryo viloyatida 2021 yilda 12 ming 426  gektar maydonda mazkur texnologiyalarni joriy qilish, jumladan, 11 ming 889 gektar paxta, 437 gektar mevali ekinlar va 100 gektar boshqa ekinlar yetishtiriladigan maydonlarda tomchilatib sug‘orish sug‘orish ko‘zda tutilmoqda.  

Suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan suvni tejovchi texnologiyalar joriy etiladigan maydonlarni yanada kengaytirish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Bugungi kunda 12 ming 326 gektar maydonda ana shunday texnologiyalarni o‘rnatish yuzasidan quruvchi tashkilotlar bilan 71 ta fermer xo‘jaliklari o‘rtasida shartnomalar tuzilgan hamda qurilish ishlari boshlab yuborilgan.

Bu borada Prezidentimizning 2020 yil 11 dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori dasturilamal vazifasini o‘taydi.  

Dehqon va fermerlarimiz tomchilatib sug‘orishning afzal jihatlarni allaqochan anglab yetganligi bois bu usul viloyatda tobara ommalashib, nafaqat intessiv bog‘larda, balki paxtachilik, sabzavotchilik va polizchilik tarmoqlarida, shuningdek, issiqxonalarda ham keng joriy etilmoqda. Pirovardida, tabiiy va moddiy resurslar tejalishi bilan birga, hosildorlik muttasil oshib borayotir. Bu mamlakatimizda oziq-ovaqat havfsizligini ta’minlash, aholiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni uzuluksiz va arzon narxlarda yetkazib berishga imkoniyat yaratayotgani bilan ahamiyatlidir.

“O‘zagronispeksiya”ning Sirdaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati.

Text to speech