Mamlakatimizda o‘simlik yog‘i narxini barqarorlashtirish choralari ko‘rilmoqda. Mahalliy sharoitda xomashyo yetishtirish masalasini ijobiy hal etish ushbu muammoning yechimi sifatida qaralyapti.
Joriy yil, Sirdaryo viloyatida 5 ming 420 gektar yer maydonda moyli ekinlar ekish rejalashtirilgan bo‘lib, ayni paytga qadar 4 ming 749 gektar maydonlarda moyli ekin urug‘lari qadaldi. Bu borada belgilangan prognoz ko‘rsatkichi 87,6 foizga bajarildi.
Jumladan, Sardoba tumanida - 994 ga ,Xovos tumanida - 653 ga ,Boyovut tumanida -612 ga, Sayxunnobod tumanida - 150 ga, Oqoltin tumanida - 860 ga, Sirdaryo tumanida - 455 ga, Guliston tumanida - 537 ga, Mirzaobod tumanida - 588 gektar maydonga moyli ekin urug‘lari ekib bo‘lindi.
Moyli ekinlardan viloyatda shu kunga qadar fermer xo‘jaliklari tomonidan qariyb 1 ming gektarga soya, 3 ming 49 gektarga kungaboqar va 700 gektar yer maydonlariga kunjut ekinlari urug‘lari ekildi.
Soya urug‘i
Ayni kunlarda moyli ekinlar urug‘ini ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Dalalarga yuqori unumli ekish seyalkalari olib chiqilib, ular yordamida bir kunda o‘rtacha 75 - 100 gektar yerga moyli ekinlar urug‘i qadalmoqda.
kunjut urug‘i
Moyli ekinlarni ekish ishlarini sifatli, tez va yaqin kunlarda ekib bo‘linishini taʼminlash yuzasidan “O‘zagroinspeksiya”ning Sirdaryo viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari xodimlari tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda.
“O‘zagroinspeksiya”ning Sirdaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati.