Ру Ўз O`z En

Sohada faoliyat yuritayotgan inspektorlar malakasini oshirish maqsadida seminar tashkil etildi

11 Fevral 2021 1808

Hammamizga maʼlumki qishloq xoʼjaligi ekinlaridan yuqori hosil olish va sifatli mahsulot yetishtirishda urugʼchilik tarmogʼi asosiy drayver hisoblanadi.

Respublika aholisini oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlashda qishloq xoʼjaligi ekinlari urugʼlarini sifatini davlat tomonidan majburiy tekshiruv oʼtkazilishi katta oʼrin egallaydi.

Shu boisdan “Oʼzagroinspektsiya” tizimida ishlovchi Inspektsiya xodimlarining urugʼchilik sohasini nazorat qilishdagi vazifa va funktsiyalarini yanada teranroq anglashi va tajriba orttirishi maqsadida Inspektsiya markaziy apparatida Qishloq xoʼjalik ekinlari urugʼlarini yetishtirilishi va ishlab chiqarilishi sohasini inspektorlar tomonidan oʼtkaziladigan nazorat tadbirlariga bagʼishlangan oʼquv-amaliy seminari tashkil etildi.

Seminarda, Inspektsiyaga Oʼzbekiston Respublikasi “Urugʼchilik toʼgʼrisida”gi Qonuni va qonunosti boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga asosan qishloq xoʼjalik urugʼlarni yetishtirish, aprobatsiya oʼtkazish, tayyorlash, qayta ishlash, realizatsiya qilish, eksport, import respublika ichida tashishda hamda nav va urugʼlarning tegishli ekinboplik va navdorlik sifat koʼrsatkichlarini standart talablariga muvofiq boʼlishini nazorat qilish maqsadida vakolat belgilab berilganligi taʼkidlandi.

Shuningdek qishloq xoʼjaligi ekinlari urugʼchilik sohasida qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilishda jami 199 ta xodim faoliyat yuritayotgan boʼlib, mazkur jarayonlarda qonun hujjatlari talablariga muvofiq nazorat ishlarini olib borishda quyidagi har bir jarayonga alohida toʼxtalib oʼtildi:

– aprobatsiya jarayoni: oʼsimliklarning nav jihatdan sofligini, zararkunandalar bilan zararlangan-zararlanmaganligini, kasalliklarga chalingan-chalinmaganligini va ekish uchun moʼljallangan urugʼliklarning umumiy holatini aniqlash uchun dalada oʼtkaziladigan tekshiruv;

– qayta ishlash: jarayoni: urugʼlik tozalash, saralash va dorilash (tuksizlantirish) sexlarida urugʼlik va boshqa texnik (tovar) uchun ishlatiladigan urugʼlarni navlar aralashib ketmasligi, sexdagi dastlabki tozalashdan chiqqan urugʼliklarni ajratish va texnik (tovar) mahsulotga oʼtkazish, kimyoviy preparatlarning davlat sinovidan oʼtganligi, namunalar olinib urugʼlarning ekinboplik sifat koʼrsatkichlari amaldagi standart talablariga muvofiqligi nazorat qilinadi.

– saqlash jarayoni: bir turdagi ekinning navlari yoki avlodlariga qarab yoxud bir-biridan qiyin ajraluvchi ekin urugʼlarini belgilangan tartibda va masofada saqlash choralari koʼrilganligi, urugʼlar saqlanadigan xonalarda havo harorati va namlikni belgilangan meʼyorlarda boʼlishi, omborlar zararkunandalarga qarshi kurashish (dezinfektsiya) ishlari bajarilganligi hamda urugʼlik toʼdalarini sifat koʼrsatkichlari buzilmasligi boʼyicha choralari koʼrilganligi oʼrganiladi.

– realizatsiya (tarqatish) jarayoni: Qishloq xoʼjalik ekinlari davlat reestriga kiritilgan, rayonlashtirilgan va istiqbolli navlarning tarqatilishi, urugʼliklarning navi va ekinboplik xususiyatlari koʼrsatilgan muvofiqlik sertifikati mavjudligi standart talabiga javob berishi (buzilmaganligi, aynimaganligi, chirimaganligi, ifloslanmaganligi va boshqalar) nazorat qilinadi;

– import qilish jarayoni: paxta chigiti, boshoqli don ekinlari va kartoshka urugʼliklari Oʼzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya qilingan qishloq xoʼjaligi ekinlarining davlat reestriga kiritilgan nav va duragay jumlasidan muvofiqlik sertifikati va fitosanitariya sertifikati, shuningdek karantin ruxsatnomasi mavjudligi oʼrganiladi;

Yuqoridagilardan kelib chiqib, respublikada ekish uchun foydalanilayotgan qishloq xoʼjalik ekinlari urugʼlardan yuqori hosil olish, sifatli mahsulot yetishtirsh va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlash maqsadida Inspektsiya tomonidan Oʼzbekiston Respublikasining 2 ta Qonuni, 2 ta Prezident Farmoni, 3 ta Prezident Qarorlari, 7 ta Vazirlar Mahkamasining Qarori, 7 ta Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar Nizomi hamda koʼpgina xalqaro va davlat standartlari asosida “Eksport-import qishloq xoʼjaligi ekinlari urugʼlari sifatini majburiy davlat tekshiruvini oʼtkazish” borasida tegishli qonun hujjatlari asosida huquqiy asosalar yaratilgan.

 

Sh.Xayitov, “Oʼzagroinspektsiya” Don ekinlari urugʼlari yetishtirishni nazorat qilish boʼlimi boshligʼi

Text to speech