Tanlov davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi tashkilotlar o‘rtasida, “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish, iqlim o‘zgarishining mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga taʼsiri” shiori ostida o‘tkazildi. “O‘zagroinspeksiya” huzuridagi ”«Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasining Kasaba uyushmasi qo‘mitasi mehnat muhofazasi bo‘yicha “Yeng yaxshi kasaba uyushma qo‘mitasi” nominatsiyasida 3-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 23 aprel kuni o‘tkazilgan g‘oliblarni taqdirlash marosimida Markazning Kasaba uyushmasi qo‘mitasining raisi Atabayev Maxamedjan Zakirovich va Mehnat muhofazasi muhandisi Miraxmedov Otabek Amanovichlar qatnashishib, Respublika Kengashining diplomi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.