Ру Ўз O`z En

Surxondaryo: 2024-yil hosili uchun chigit ekish ishlari to‘liq yakunlandi

16 Aprel 2024 444

Joriy yilda Surxondaryo viloyatida 72 ming 270 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda ushbu maydonlarda ekish ishlari to‘liq yakunlandi.

Shuningdek, hozirda chigit ekilgan maydonlarning 31 ming 835 gektar yoki 44 foizida ko‘chatlar unib chiqdi.

Xususan, 10 ming 828 gektar maydonda 25 foiz, 8 ming 641 gektar maydonda 50 foiz, 8 ming 900 gektar maydonda 75 foiz, 3 ming 466 gektar maydonda 100 foiz ko‘chatlar unib chiqqanligi maʼlum bo‘ldi.

Shu bilan birga, viloyatda g‘o‘za qator oralariga o‘z vaqtida va sifatli ishlov berish ishlarida 1 280 dona kultivatorlar qatnashishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda, unib chiqqan maydonlarning 2 ming 765 gektar yoki 4 foizida kultivatsiya tadbiri amalga oshirildi.

G‘o‘za maydonlarida amalga oshirilayotgan har bir agrotexnik tadbirni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi mavsum davomida Inspeksiya tomonidan nazorat qilib boriladi

Text to speech