Ру Ўз O`z En

Surxondaryo va Buxoro viloyatidagi qoidabuzar traktorchi-mashinistlarga chora ko‘rildi

12 Oktyabr 2022 1447

#munоsabat

Joriy yilning 8-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo va Buxoro viloyatlari hududida traktor va uning tirkamalari to‘xtash, chapga yoki o‘nga burilish chiroqlari hamda kunning qorong‘u qismida harakatlanayotgan vaqtida nur qaytargichlari yo‘q holda yo‘lda harakatlanib ketayotganligi aks etgan foto va video lavhalar “O‘zagroinspeksiya” tomonidan nazoratga olinib, holat o‘rganildi.

Bunda davlat raqam belgisi 80 SA 669 raqamli traktor tirkamasi Buxoro viloyati Romitan tumanida yashovchi fuqaro B. K. ga tegishli ekanligi, ushbu tirkama 2022 yilgi texnik ko‘rikka taqdim etilmasdan foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati bo‘yicha, davlat raqam belgisi 75 AA 058  raqamli MTZ-80X rusumli traktor Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi fuqaro B. T.ga,  75 SA 946  raqamli traktor tirkamasi mazkur tumanda yashovchi fuqaro A.T.ga,  75 AA 916  raqamli traktor tirkamasi Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi fuqaro B. Q.ga  tegishli ekanligi aniqlandi hamda ushbu traktor va tirkamalar 2022 yilgi texnik ko‘rikka taqdim etilmasdan foydalanib kelinayotganligi maʼlum bo‘ldi.

O‘zagroinspeksiya” hamda Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Buxoro va Surxondaryo viloyati boshqarmalari inspektorlari hamkorligida qoidabuzar traktorchi-mashinistlarga nisbatan sodir etilgan xuquqbuzarlik bo‘yicha tegishli tartibda chora ko‘rildi. Qolaversa, bu kabi holatlarni qayta takrorlamaslik yuzasidan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, kamchiliklar joyida bartaraf etildi.

 "O‘zagroisnpessiya" Axborot xizmati

Text to speech