Ру Ўз O`z En

Suv xoʼjaligining 233 ta qurilmalarida nosozliklar aniqlangan

10 Iyun 2021 1938

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasining hududiy boshqarmalari va tuman boʼlimlari tomonidan joylarda Suv va suvdan foydalanish toʼgʼrisidagi Qonun va boshqa noramativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi, suvdan oqilona va samarali foydalanish hamda suv isteʼmoli qoidalariga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʼrnatilgan.

Hisobot davrida, sunʼiy suv obʼektlarida suvdan oqilona va samarali foydalanilishi hamda suvdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan oʼtkazilgan 12740 ta nazorat tadbirlarida 7755 ta holatda qonun va tartib buzilishi holatlari aniqlangan.

Suv isteʼmolchilari tomonidan sodir etilgan qonun va tartib buzilishlar natijasida 893 ta holatda 197 gektar qishloq xoʼjaligi ekin maydonlari koʼllatib yuborilgan, 1155 ta holatda suvlar kollektor-drenaj tarmoqlariga foydalanilmasdan tashlab qoʼyilgan, 1100 ta holatda ruxsat etilmagan joylardan shartnoma tuzmasdan 13465 ming.m3 suvlar egallab olingan.

Yuqoridagi qonunbuzilishi holatlarini kelib chiqish sabablari oʼrganilib, kelgusida shu kabi qonunbuzilishlarni oldini olish boʼyicha Inspektsiya tomonidan tegishli tashkilot va korxonalarning masʼul mansabor shaxslariga 8923 ta ogohlantirish 1277 ta yozma koʼrsatma va 352 ta taqdimnomalar kiritildi.

Xususan, aniqlangan qoʼpol qonun buzilishi holatlariga nisbatan Inspektsiya tomonidan 3171 ta mamuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 mlrd 13 mln.soʼmlik maʼmuriy va 1627 ta 1 mlrd 291 mln. soʼmlik moliyaviy jarima sanktsiyalari qoʼllanildi.

Bundan tashqari, 916 ta qonun buzilishi holatlari yuzasidan toʼplangan xujjatlar tegishliligi boʼyicha koʼrib chiqishlik uchun sud va prokuraturalarga yuborilishi taʼminlandi.

Oʼtkazilgan nazorat tadbirlari davomida 5077 ta holatda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli, 698 ta holatda suv obʼektlarining holatiga taʼsir etuvchi gidrotexnika ishlarini va boshqa ishlarni oʼzboshimchalik bilan bajarish, 155 ta holatda suv obʼektlaridan belgilangan suv olish limitlarini buzish, 146 ta holatda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli rejalarini buzish, 206 ta holatda suvlarning davlat hisobini yuritish, 150 ta holatda suv xoʼjaligi inshootlari va qurilmalaridan foydalanish qoidalari buzilganligi va 1318 ta boshqa holatdagi qonunbuzilishlar maʼlum boʼldi.

Shuningdek, suv xoʼjaligining 714 ta inshootlari va 233 ta qurilmalari nosozligi aniqlanib, mazkur kamchiliklar Inspektsiya tomonidan toʼliq bartaraf etilishi taʼminlandi.

Inspektsiyaning Qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan suv resurslaridan foydalanishni nazorat qilish boshqarmasi

Text to speech