Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Toshkent viloyati boshqarmasi va uning tumanlar boʼlimlari tomonidan hisobot davrida viloyatda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibiga amal qilinishi yuzasidan jami 1240 ta monitoring va tekshirish oʼtkazildi.
Belgilangan tartibda oʼtkazilgan nazorat tadbirlarida 299 ta holatda suvdan foydalanish va isteʼmoli boʼyicha normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilish holatlari aniqlandi.
Jumladan, 84 ta holatda suv obʼektlarining holatiga taʼsir etuvchi gidrotexnika ishlarini oʼzboshimchalik bilan bajarish, 94 ta holatda suvdan foydalanish va suv isteьmoli qoidalarini buzish, 21 ta holatda suv xoʼjaligi inshootlari va qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish, 36 ta holatda suvning dastlabki hisobini yuritmaslik hamda 64 ta holatda suvdan shartnomasiz foydalanish kabilardir.
Shuningdek, Toshkent viloyati boshqarma mutaxassislari tomonidan tumanlarda 2020 yilning aprelь-may oylarida irrigatsiya tadbirlari asosida yerlarni foydalanishga kiritish boʼyicha birinchi navbatda amalga oshiriladigan ustuvor loyihalarni bajarilishi ham oʼrganildi. Oʼrganishlar asosan hamkor tashkilotlar- viloyat xokimligi, viloyat prokuraturasi, Chirchiq Ohangaron ITXB, Suv qurilish invest DUK bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Shu bilan birga, Toshkent viloyatida suvdan foydalanuvchilar va suv xoʼjaligi xodimlari tomonidan yetkazib berilgan suvni isrof qilish holatlari boʼyicha hamda ularga koʼrilgan choralar toʼgʼrisida kunlik monitoring oʼrnatilib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan kunlik, haftalik maʼlumotlar berib borilishi yoʼlga qoʼyildi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 maydagi 310-sonli hamda 2020 yil 1 iyundagi 344-sonli qarorlarida belgilangan vazifalarni ijrosini taʼminlash maqsadida reja jadvallari ishlab chiqilib, tuman boʼlimlariga yetkazib berildi va toʼliq nazorat oʼrnatildi.
Аniqlangan holatlar yuzasidan inspeksiya xodimlari aralashuvi bilan kamchiliklar joyida bartaraf etilib aybdor shaxslarga nisbatan 274 ta holatda MJtK ning tegishli moddalari bilan 51 mln 102 ming soʼmlik jarima hamda Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 19 mardagi 82-sonli qaroriga asosan suv olishga ruxsat etilmagan joylardan, shartnoma tuzmasdan suv olinganligi yuzasidan 64 ta holatda 753 ming.m3 suv uchun 50 mln 420 ming soʼmlik moliyaviy jarimalar rasmiylashtirildi, 5 ta holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib sud organlariga yuborilishi taьminlandi.
Qolaversa, qonun buzilish holatlarini oldini olish maqsadida Suv isteьmolchilari uyushmalari, tuman suv boʼlimi va boshqa tashkilotlarga 867 ta ogohlantirish xatlari, tumanlarda suvdan, suv xoʼjaligi inshootlaridan foydalanish qoidalariga rioya qilinmaganligi yuzasidan tuman hokimiyatlariga 11ta taqdimnomalar kiritilib, tegishli tashkilotlarga 73 ta yozma koʼrsatmalar berildi.
“Oʼzagroinspeksiya” Toshkent viloyat boshqarmasi