2020 yil yozgi sugʼorish mavsumida kutilayotgan suv tanqisligining salbiy taʼsirini yumshatish, sugʼoriladigan yerlarni suv bilan ishonchli taʼminlash hamda mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 1 iyunda qabul qilingan 344-sonli qarorida Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan Inspektsiyaning Namangan viloyati boshqarmasi va tumanlar boʼlimlari tomonidan joylarda suvdan maqsadli va samarali foydalanish, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibiga hamda suv olish limitlariga qatʼiy rioya etilishi, tungi sugʼorishning tashkil qilinishi hamda sugʼorish ishlariga jalb qilinganlarga zarur sharoitlar yaratilishi boʼyicha tizimli nazorat oʼrnatildi.
Belgilangan tartibda oʼtkazilgan nazorat tadbirlari davomida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli boʼyicha jami 411 ta holatda kamchiliklar aniqlanib, huquqbuzarlik sodir etgan 317 nafar mansabdor shaxs va fuqarolarga nisbatan maʼmuriy jarimalar qoʼllanilgan boʼlsa, 31 nafariga maʼmuriy ish qoʼzgʼatilib, qaror qabul qilish uchun maʼmuriy sudlarga yuborildi.
Bundan tashqari, tegishli tashkilotlarga 26 ta ogohlantirish, 59 ta majburiy koʼrsatma va 4 ta taqdimnoma kiritilishi taʼminlandi.
Oʼz navbatida, 2020 yilning iyunь-avgust oylarida viloyat hokimligida qishloq xoʼjaligi masalalari yuzasidan oʼtkazilgan selektor yigʼilishlariga har oʼn kunda joylarda aniqlangan suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibini buzish holatlari hamda huquqbuzarliklarga nisbatan koʼrilgan taʼsir choralari toʼgʼrisida axborot kiritilib, tanqidiy muhokama qilib borildi.
Inspektsiyaning viloyat boshqarmasi tomonidan qarorda belgilangan suv sohasida nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Sh.Bozorov, Q.Qirgʼizov, Qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan suv resurslari va yerlardan foydalanishni nazorat qilish boʼlimi inspektorlari