Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 dekabrdagi 981-sonli “Oʼzbekiston Respublikasi hududidagi suv obʼektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Oʼzagroinspeksiya” tomonidan belgilangan tartibda nazorat va boshqa tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, “Oʼzagroinspektsiya”ning hududiy boshqarmalari va tumanlar boʼlimlari tomonidan joylardagi Suv xoʼjaligi tashkilotlariga tegishli suv obʼektlarining suvni muhofaza qilish zonalari va sohil boʼyi mintaqalari, shuningdek, sanitariya-muhofaza zonalari va sanitariya-himoya mintaqalarini ustuvorligidan kelib chiqib, belgilash toʼgʼrisida 235 ta yozma koʼrsatma va ogohlantirishlar berildi;
sunʼiy suv obʼektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida yerdan foydalanish, xoʼjalik faoliyatini yuritish va boshqa hatti-harakatlar boʼyicha belgilangan rejimlarga rioya etilishi ustidan vakolat doirasida doimiy nazorat tadbirlari oʼtkazilib kelinmoqda.
Jumladan, oʼtkazilgan nazorat tadbirlarida joylardagi kanallar, sugʼorish va kollektor-drenaj tarmoqlarining sohil boʼyi mintaqalariga noqonuniy har xil turdagi 132 ta doimiy va vaqtinchalik bino, inshootlar (molxona, oʼtinxona, hojatxona, boshqalar), 9 ta nasos agregatlari qurilganligi, 1052 ta holatda sohil boʼyi mintaqalarida 278 gektar maydonni ruxsatsiz egallab olib, qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini yetishtirishda foydalanilayotganligi, shuningdek, tuproq uyumlarini qurilish materiallari sifatida ishlatib kelinayotganligi aniqlangan.
Oʼz navbatida, oʼtkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan holatlar yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslarga 1314 ta yozma koʼrsatma va ogohlantirishlar berildi, 15 ta holatda hujjatlar koʼrib chiqishlik uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi, 36 ta holatda maʼmuriy jarima qoʼllanilishi taʼminlandi.
Bugungi kunda nazorat tadbirlari belgilangan tartibda oʼtkazilib kelinmoqda.
"Oʼzagroinspektsiya"ning Qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan suv
resurslaridan foydalanishni nazorat qilish boʼlimi