Respublikada sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanish, aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish, ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shagan maydonlarda serdaromad va eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, talab etiladigan moddiy resurslarni yetkazib berish hamda aholi bandligini taʼminlash, ularning daromadlarini oshirish tadbirlarini tizimli tashkil qilish har bir masʼul uchun muhim masala hisoblanadi.
Joriy yilda Toshkent viloyatida ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shagan 100 ming 177 gektar maydonlarga takroriy ekinlar ekilishi rejalashtirilgan.
“O‘zagroinspeksiya”ning Toshkent viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limi xodimlari tomonidan ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shagan maydonlarda takroriy ekin ekish ishlarini o‘z muddatlarida yakunlash bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazib kelmoqda.
Shuningdek, bugungi kunga qadar viloyat bo‘yicha jami 67 ming 402 gektar, shundan 8 ming 844 gektar yer maydonida sabzavot, 1 ming 333 gektarda kartoshka, 28 ming 401 gektar dukkakli ekinlar, 902 gektar poliz, 6 ming 440 gektar sholi hamda 21 ming 482 gektar maydonda ozuqa ekinlari ekilishi taʼminlandi.
Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, takroriy ekinlarni o‘z vaqtida ekilishi hamda ekin ekilgan maydonlarda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi bo‘yicha “O‘zagroinspeksiya”ning Toshkent viloyati boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan joylarda tizimli nazorat ishlari olib borilmoqda.
Sh. Usibaliyev, Qishloq xo‘jaligi yekinlari urug‘larining yetishtirilishini nazorat qilish sho‘basi boshlig‘i