Ру Ўз O`z En

Toshkent viloyati: g‘alladan bo‘shagan 100 ming gektar maydonga takroriy ekin ekilmoqda

14 Iyul 2023 1798

Respublikada sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanish, aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish, ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shagan maydonlarda serdaromad va eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, talab etiladigan moddiy resurslarni yetkazib berish hamda aholi bandligini taʼminlash, ularning daromadlarini oshirish tadbirlarini tizimli tashkil qilish har bir masʼul uchun muhim masala hisoblanadi.

Joriy yilda Toshkent viloyatida ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shagan 100 ming gektar maydonlarga takroriy ekinlar ekilishi rejalashtirilgan.

Bu yil mirishkor dehqonlar tomonidan mavjud 103 ming 729 gektar yer maydonida yetishtirilgan g‘allani nes-nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda. “O‘zagroinspeksiyaning Toshkent viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limi xodimlari tomonidan ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shagan maydonlarda takroriy ekin ekish ishlarini o‘z muddatlarida yakunlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib kelinmoqda.

Aholini arzon, sifatli, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shagan maydonlar peshma-pesh shudgorlanib, takroriy ekin ekilyapti. Viloyatning 15 ta tumanidagi fermer xo‘jaliklarining ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shagan 100 ming gektar yer maydonlariga takroriy ekin ekish ishlari qizg‘in olib borilmoqda.

Shu kunga qadar viloyat bo‘yicha jami 86 ming 40 gektar, shundan 9 ming 529 gektar yer maydonida sabzavot, 7 ming 347 gektarda kartoshka, 34 ming 833 gektar dukkakli ekinlar, 895 gektar poliz, 227 gektar moyli ekinlar, 8 ming 922 gektar sholi, hamda 24 ming 247 gektar yerda ozuqa ekinlari ekilishi taʼminlandi.

 Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, takroriy ekinlarni o‘z vaqtida ekilishi yuzasidan “O‘zagroinspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi va tuman bo‘limi xodimlari tomonidan joylarda profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Sh. Usibaliyev, "O‘zagroinspeksiya" Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining yetishtirilishini nazorat qilish shoʻbasi boshlig‘i   

Text to speech