Ру Ўз O`z En

Texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etmay traktorni boshqarib ketayotgan haydovchi jarimaga tortildi

9 Fevral 2021 2442

Maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 15 martdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4241-sonli qarori bilan qishloq xoʼjaligi, melioratsiya va yoʼl-qurilish texnikalarining texnik holati, ularning ekspluatatsiya qilinishi samaradorligi, shuningdek, servis va taʼmirlash xizmatlarining sifati ustidan nazoratni amalga oshirish inspektsiya organlariga yuklatilgan.

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasining Buxoro viloyat boshqarmasi va tuman boʼlimlari xodimlari tomonidan joylarda qarorning ijrosi ustidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Jumladan, Kogon tumanida olib borilgan tezkor tadbirda fuqaro V.А oʼziga tegishli boʼlgan 1983 yilda ishlab chiqarilgan MTZ-80 rusumli traktorni “Navroʼz” MFY hududida texnika xavfsizligi qoidalariga zid ravishda, transport vositasini old va orqa signal chiroqlari hamda yoritkichlarning ishsiz holga kelganligiga qaramasdan, traktor tirkamasini belgilangan zanjir bilan mahkamlamay boshqarib kelganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan inspektorlar tomonidan belgilangan tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, haydovchi V.А.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisida Kodeksning tegishli moddalariga asosan 74 ming 333 soʼm jarima jazosi qoʼllanildi.

Qaerda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik boʼladi. Аlbatta, qonun ustuvorligi – inson manfaatlarini taʼminlashning muhim omilidir.

 

Shuxrat ILYoSOV, “Oʼzagroinspektsiya”ning Buxoro viloyat

boshqarmasi bosh inspektori

Text to speech