Ру Ўз O`z En

Oʼtgan 10 kunlikda agrosanoat tizimida 89 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi

22 Yanvar 2021 1905

“Oʼzagroinspektsiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi va tumanlar boʼlimlari tomonidan 2021 yil 11-20-yanvar kunlari davomida qishloq xoʼjaligida qonunchilik ijrosi yuzasidan 926 marotaba nazorat tadbirlari oʼtkazilgan boʼlib, 89 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Oʼtkazilgan nazorat tadbirlari davomida aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 37 ta yozma koʼrsatma berildi, 29 holat yuzasidan maʼmuriy qarorlar qabul qilindi, 17 ta holat yuzasidan maʼmuriy qaror qabul qilish uchun huquqni muhofaza etuvchi idoralariga yuborildi. Shundan, prokuraturaga 2 ta, 15 ta holat yuzasidan toʼplangan hujjatlar sudlarga yuborildi. Mazkur holatlar boʼyicha 3 mln 689 ming soʼm maʼmuriy jarima qoʼllanildi. Yuqoridagi qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 6 ta taqdimnoma kiritildi. Inspektsiya organlari tomonidan, qishloq xoʼjaligi korxonalarida qonunbuzilish holatlarining oldini olish yuzasidan 780 ta ogohlantirishlar berildi.

Oʼtkazilgan nazorat tadbirlarini hududlar kesimida tahlil etilganda, “Oʼzagroinspektsiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan 21 holatda, Inspektsiyaning Payariq tumani boʼlimi tomonidan 15 ta hamda Urgut tumani boʼlimi tomonidan 10 ta holatda qonunbuzilish holatlari aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan va huquqiy taʼsir chorasi koʼrildi.

“Oʼzagroinspektsiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi Аxborot xizmati

Text to speech