O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 465-sonli qarori qabul qilinib, unga ko‘ra respublika hududlarida 2025-yilda 29 ming 891 gektar dala chetlaridagi maydonlarga 26 mln. 167 ming dona mevali daraxtlar ekilishi belgilandi.
Xususan, qaror bilan joriy yilda Olcha ko‘chati 5 ming 990 gektar, Olxo‘ri ko‘chati 5 ming 941 gektar, Behi ko‘chati 2 ming 989 gektar, Uzum ko‘chati 4 ming 259 gektar, Bodom ko‘chati 3 ming 472 gektar, Chilon jiyda ko‘chati 4 ming 152 gektar, Tut ko‘chati 3 ming 88 gektar dala chetlaridagi maydonlarga ekilishi mo‘ljallangan.
Inspeksiya tomonidan, joylarda mazkur qarorning ijrosi yaʼni dala chetlaridagi maydonlarga mevali daraxtlar ko‘chatlarini o‘z vaqtida va sifatli ekilishi to‘liq nazoratga olindi.
O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida, dala chetlaridagi maydonlariga ko‘chat ekish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi yuzasidan hududlardagi 34492 ta fermer xo‘jaliklariga, shuningdek ko‘chat va urug‘lik yetkazib beruvchi 426 ta subyektlarga ogohlantirishlar berildi.
Mazkur qarorning ijrosi bo‘yicha hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlari tomonidan mavsum davomida doimiy nazorat qilib boriladi.
Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish bo‘limi