O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-oktyabridagi “Agrosanoat majmuida davlat nazorati tizimini yana-da takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-164-son Farmoniga asosan, agrosanoat majmuida g‘alla yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligini oshirish hamda isteʼmolchilarni sifatli don mahsulotlari bilan taʼminlash, g‘alla bozorida davlat ishtirokini yana-da kamaytirgan holda ichki bozorni sifatli don mahsulotlari bilan taʼminlash shuningdek, ushbu sohada davlat nazoratini kuchaytirish va yana-da takomillashtirish maqsadida «O‘zagroinspeksiya»ga don va don mahsulotlarining sifati bo‘yicha nazorat yuklatilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-maydagi “G‘allani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-262-sonli qarorida jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xarid qilingan va bug‘doy yetishtiruvchilardan vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilingan 3(uch) va undan yuqori sinflardagi bug‘doy — mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, birjadan xarid qilingan bug‘doyning 75 foizidan kam bo‘lmagan miqdordagi unni birja savdolari orqali sotish majburiyatini olgan, un ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga bug‘doyni qabul qilish, saqlash va ishlab chiqarilgan un mahsulotlarini xaridorlarga yuklab jo‘natishda zaruriy talablar bajarilishi yuzasidan amaliy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Ushbu ishlarni olib borishdan maqsad tadbirkorlik subyektlari tomonidan birjadan xarid qilingan bug‘doyning 75 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda sifatli un mahsulotlari ishlab chiqarish va xalqmiz dasturxoniga sifatli un mahsulotlarini yetkazilishidan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyunidagi “Ichki bozorni un va non mahsulotlari bilan barqaror taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 146-sonli bayoni 8-bandi ijrosi yuzasidan Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida faoliyatini olib borayotgan “Sakinat don mahsulotlari” MCHJni birja savdolari orqali bug‘doy sotib olish uchun, un ishlab chiqarish quvvatlari mavjudligi, texnologik jarayonni tashkil etish belgilangan talablarga mos kelishi, mahsulot sifatini nazorat qilish bo‘yicha laboratoriya faoliyati to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilmoqda va ishlab chiqarish jarayonida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan kamchiliklar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.
«O‘zagroinspeksiya» ning Buxoro viloyat boshqarmasi “Don va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan