Ру Ўз O`z En

Markazda navbatdagi kurs o‘z faoliyatini boshladi

29 May 2023 2242

Dunyoda paxta instituti (AQSH, Memfis), Bremen paxta maktabi (Bremen, Germaniya), Gdinya paxta tolasini klassifikatsiyalash maktabi), ICA xalqaro paxta assotsiatsiyasi (Liverpul, Buyuk Britaniya), Texas xalqaro paxta maktabi (Texas, AQSH) O‘zbekiston (Toshkent)da paxta klassifikatorlari tayyorlash o‘quv kurslari faoliyat yuritadi. Jumladan, KMO0301-sonli litsenziyasi asosida “O‘zagroinspeksiya” huzuridagi "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi " davlat muassasasida o‘quv kurslari tashkil etilgan.

O‘quv kurslari ilk bora, 1996 yilda O‘zbekiston “Sifat” markazi qoshida tashkil etilgan bo‘lib, paxta tolasini kalassifikatsiyalash yo‘nalishda nafaqat yurtimiz uchun, balki qo‘shni MDH davlatlariga ham malakali mutaxassislar (kalassyorlar) tayyorlab bergan.

Joriy yil 22 maydan boshlab Davlat muassasasi direktorining tegishli buyrug‘i bilan "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" o‘quv kursida navbatdagi guruh o‘z faoliyatini boshladi.

Ushbu o‘quv kursi jami 248 soatdan iborat bo‘lib, maʼruzalar O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarda paxta tolasini standartlashtirish va sertifikatlashtirish, marketing asoslari, paxtani dastlabki ishlash reglamenti, yong‘in xavfsizligi kabi mavzulardan tashkil topgan.

Tasdiqlangan o‘quv rejasiga asosan, paxta tozalash korxonalarning texnologik jarayonini o‘rganish va amaliyotda tanishish uchun I-2023-sonli guruh tinglovchilari Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida joylashgan “Qorasuv” paxta tozalash korxonasida amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdilar.
Shuningdek, o‘quv kurslari tinglovchilariga yong‘in va texnika xavfsizligi bo‘yicha Markaz mutaxassislari tomonidan batafsil tushunchalar berib o‘tildi.

"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati 

Text to speech