Maʼlumki, qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari holatini nazorat qilish sohasida jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish «O‘zagroinspeksiya»ning asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan.
Hukumatning 2023 yil 29 apreldagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentida Davlat xizmatlari ko‘rsatish tartiblari belgilangan bo‘lib, ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida, 2023 yil 1 sentyabridan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarga Inspeksiya tomonidan ko‘rsatiladigan 6 turdagi davlat xizmatlaridan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali foydalanish imkoni yaratildi.
Xizmat turlari quyidagilar:
Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish (https://my.gov.uz/uz/service/842);
Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish (https://my.gov.uz/uz/service/846) ;
Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini ro‘yxatda turganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma olish (https://my.gov.uz/uz/service/849);
Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini hisobdan chiqarish uchun ariza yuborish (https://my.gov.uz/uz/service/847);
Traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirish yoki yo‘qolgani o‘rniga yangisini olish (https://my.gov.uz/uz/service/860);
Traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish (https://my.gov.uz/uz/service/861).
Ushbu xizmatlarning ishga tushirilishi natijasida jismoniy va yuridik shaxslarning Inspeksiyaga kelib o‘tirmasdan, murojaatlarni elektron jo‘natish, shuningdek, ayrim xizmatlardan real vaqt rejimida elektron foydalanish imkoniyati yaratildi.
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 74 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlar ijrosi o‘z muddatida taʼminlandi.
Inspeksiyaning Texnikalar holatini nazorat qilish boshqarmasi