Ру Ўз O`z En

G‘alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarning sifatli o‘tkazilishi Inspeksiya nazoratida

5 Yanvar 2024 2010

Respublikada 2024 yil hosili uchun g‘alla ekilgan maydonlarda o‘z vaqtida agrotexnik tadbirlarni bajarilishi ustidan «O‘zagroinspeksiya» tomonidan nazorat o‘rnatildi.

Joriy yilda Respublika hududlarida 1 mln 169 ming 775 gektar maydonda boshoqli don ekinlari parvarish qilinmoqda.

Bugungi kunda g‘allaning holati tahlil qilinganda, 18 ming gektar (2%) 1-2 barg, 54 ming gektar (5%) 3-4 barg va 1 mln gektar (93) tuplash fazasida rivojlanayotganligi maʼlum bo‘ldi.

Shuningdek, g‘alla maydonlarining sug‘orish ishlari 157 foizi maydonda amalga oshirilgan.

G‘allada qo‘shimcha poya shakllantirish va qishlovga tuplagan holda kirishini taʼminlash maqsadida, hududlarda g‘alla maydonlariga gektariga (fizik holda) 100-150 kg.dan azotli mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish belgilandi.

Ushbu tadbir, Respublikada 869 ming gektar yoki 74 foiz g‘alla maydonlarida o‘tkazildi.

Xuddi shunday, g‘allani tezroq tuplatib olish va uning rivojini tezlashtirishda suspenziya bilan bargidan oziqlantirish ham muhim hisoblanib, bugungi kunda ushbu tadbir hududlarda 748 ming gektar yoki 64 foiz maydonlarda amalga oshirilgan.

Shuningdek, «O‘zagroinspeksiya» tomonidan g‘alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan mavsum davomida 30 ming 795 ta nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida don ekilgan maydonlarda g‘allaning unib chiqishi, sug‘orish, oziqlantirish, to‘liq ko‘chat olinganligiga hamda mahalliy o‘g‘it chiqarish ishlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Xususan, o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 3 587 ta subyektlarda 26152 gektar siyrak unib chiqqan, 3056 ta subyektlarda 20 760 gektar sarg‘aygan va rivojdan orqada qolgan, 1 184 ta subyektlarda 6 711 gektar azotli mineral o‘g‘itlar bilan sifatsiz oziqlantirilgan, 1 748 ta subyektlarda 7 832 gektar g‘allani bargidan sifatsiz oziqlantirilgan, 369 ta subyektlarda 2 722 gektarda g‘allani payhon qilinganlik holatlari aniqlandi.

Shuningdek, g‘alla parvarishida agrotexnik tadbirlarni bajarilishida salbiy holatlarni bartaraf etish maqsadida, Inspeksiya tomonidan mavsum boshidan buyon 381 ta taqdimnomalar va fermer xo‘jaliklariga 30 ming 414 ta ogohlantirishlar berildi.

Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish bo‘limi

Text to speech