Ру Ўз O`z En

Agrotexnik tadbirlar sifatsiz o‘tkazilganligi yuzasidan masʼullar ogohlantirilmoqda

12 Avgust 2024 1062

Joriy yilda Andijon viloyatida 71 ming 331 gektar maydonda g‘o‘za parvarish qilinmoqda.

G‘o‘za maydonlarining qator oralariga ishlov berish maqsadida mavsum davomida jami 1402 dona kultivatorlar jalb qilinib, bugungi kunda jami 9 marta kultivatsiya ishlari o‘tkazilib, g‘o‘zani mineral o‘g‘itlar bilan 3-oziqlantirish ishlari to‘liq yakunlangan. Shuningdek,   g‘o‘zani 3-sug‘orish ishlari 65,2 foiz maydonda amalga oshirilgan bo‘lib, chilpish ishlari to‘liq maydonlarda o‘tkazilgan.

"O‘zagroinspeksiya"ning Andijon viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan, g‘o‘za parvarishi bo‘yicha agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan doimiy monitoring tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 1 ming 473 ta fermer xo‘jaligining 4 ming 995 gektar g‘o‘za maydonida kamchiliklar aniqlangan. Jumladan, fermer xo‘jaliklarining g‘o‘za maydonlarida ko‘chat soni kam, siyrak unib chiqqanligi, maydonlarda kultivatsiya sifatsiz va kech o‘tkazilganligi, mineral o‘g‘itlar bilan sifatsiz oziqlantirilganligi, chopiq ishlari muddatida o‘tkazilmagan yoki sifatsiz o‘tkazilganligi, zararkunanda va hasharotlarga qarshi sifatsiz ishlov berilganligi kabi bir nechta holatlar monitoring qilindi.Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fermer xo‘jaliklariga 942 ta ogohlantirish va soha masʼullariga 23 ta taqdimnomalar kiritilishi taʼminlandi.

J.Tashlanov, Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlarni o‘tkazilishini nazorat qilish bo‘yicha bosh mutaxassis

Text to speech