Inspektsiyaning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan Chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish sohasida tumanlarda amalga oshirilgan ishlarni oʼrganish natijalari boʼyicha aniqlangan kamchiliklarni joylarda bartaraf etish choralari hamda chorvachilik sohasida belgilangan vazifalar hamda topshiriqlar ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan doimiy nazorat ishlari olib borilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 12 maydagi “Chorvachilik tarmogʼiga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 280-sonli qarorining ijrosini taʼminlash boʼyicha viloyatda chorvachilik tarmogʼini yanada rivojlantirish va faoliyatini samarali tashkil etish uchun viloyat komissiyasining tarkibi va tuman(shahar) komissiyalarining naʼmunaviy tarkibi tasdiqlandi.
Bugungi kunda, viloyat boʼyicha fermer xoʼjaliklar va boshqa xoʼjalik yurituvchi subʼektlar tomonidan chet davlatlardan keltirilgan yuqori mahsuldor boʼlgan jami 6043 bosh naslli qoramollar belgilangan talablar asosida parvarish qilinmoqda.
Tashkil qilingan komissiyaning taklifiga koʼra, viloyat boʼyicha 41 ta qoramolchilik subʼektiga 2000 bosh chetdan keltirilgan naslli qoramollar uchun 4 mlrd. soʼm miqdorida, 13 ta qo'y –echkichilik subʼektlariga 2000 bosh naslli qoʼy va echkilar uchun 800 mln soʼm miqdorida, 12 ta parrandachilik subʼektlariga 278 ming bosh chetdan keltirilgan parrandalar uchun 2 mlrd. 506 mln soʼm miqdorida, 13 ta baliqchilik xoʼjaliklarida 10339 tonna baliq goʼshti yetishtirish hisobiga 10 mlrd 339 mln soʼm miqdorida subsidiya ajratilishi prognozi ishlab chiqilgan.
Toshkent viloyati chorvachilikni rivojlantirish faoliyatini samarali tashkil etishni taʼminlash komissiyasi tomonidan bugungi kunga qadar 33 ta qoramolchilik subʼektlariga chetdan keltirilgan 2610 bosh naslli qoramollar uchun 5 mlrd 220 mln soʼm, 10 ta parrandachilik xoʼjaliklarida 377,125 ming bosh chetdan keltirilgan parrandalar uchun 3 mlrd 394 mln soʼm miqdorida subsidiya ajratish boʼyicha toʼplangan hujjatlar belgilangan tartibda Respublika komissiyasiga takdim qilindi xamda 36 ta subʼektlarga 7 mlrd 396 mln soʼm subsidiya ajratildi.
Xususan, 26 ta chorvachilik xoʼjaliklari chetdan olib kelingan 2001 bosh naslli koramollar uchun 4 mlrd 2 mln soʼm, 10 ta parrandachilik xoʼjaliklarda chetdan keltirilgan 377 ming 125 bosh naslli joʼjalar uchun 3 mlrd 394 mln soʼm subsidiya ajratilgan.
Shuningdek, chetdan keltirilgan naslli qoramollarni roʼyxatga olish va belgilangan tartibda parvarishlash hamda koʼpaytirish borasida fermer xoʼjaliklari va xoʼjalik yurituvchi subʼektlarda amaliy yordam berish orqali doimiy oʼrganish ishlari olib borilmoqda.
M.Kuchchiev, Boshqarma boshligʼining birinchi oʼrinbosari