Ру Ўз O`z En

URUG‘LIK DON TAYYORLASHDA STANDART TALABLARINI BUZGANLARGA JAVOBGARLIK BELGILANGAN

6 Oktyabr 2020 3355

Qishloq xo‘jaligi ekinlari, xususan, boshoqli don yetishtirishda urug‘lik sifati hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda urug‘lik don tayyorlash, uni saqlash, dorilash va tarqatish bo‘yicha bir qator me’yoriy tartib-tamoyillar ishlab chiqilgan bo‘lib, unga amal qilish don siftining buzilmasligini kafolatlaydi.

Viloyatimizda kuzgi g‘alla ekish ishlari boshlangan ayni paytda har bir maydonga belgilangan tartibda tayyorlangan va sifati kafolatlangan urug‘lik don ekilishi lozim.

Biroq, “O‘zagroinspeksiya”ning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari jarayonida viloyatdagi don  korxonalari tomonidan urug‘lik donni tayorlash, dorilash va tarqatish bo‘yicha bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgan holatlar ham aniqlanmoqda.

Jumladan, “Qamashi don qabul qilish” mas’uliyati cheklangan jamiyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirida 2020 yil hosilidan qabul qilingan urug‘lik don partiyalari jamiyatning ochiq maydonlarida saqlanayotgani, qadoqlangan urug‘lik donni joylashtirishda esa belgilangan masofaga amal qilinmagani aniqlandi. Ayni paytda jamiyatning urug‘lik sexi ombor mudiri B.X ga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirilib, ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.

Huddi shunday qonunbuzilishi holatiga “Koson don” don mahsulotlarini qabul qilish korxonasi urug‘lik tayyorlash sexi rahbari Sh. X hamda “Dunyo-M” AJ shahrisabz filiali ombor mudiri N.U lar tomonidan ham yo‘l qo‘yganligi sababli, ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Ayni paytga qadar “O‘zagroinspeksiya”ning viloyat boshqarmasi tomonidan 2021 yil g‘alla hosili uchun sifatli urug‘lik don tayyorlash maqsadida don tayyorlash korxonalarida jami 8 ta nazorat tadbirlari tashkil etilib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlariga nisbatan 17 million 840 ming so‘m jarima qo‘llanildi, 1 ta ko‘rsatma, 5 ta taqdimnoma, hamda 23 ta ogohlantirishlar kiritildi.

 

Rustam KARIMOV, “O‘zagroinspeksiya”ning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, bosh inspektori

Text to speech