Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish va sifatli mahsulot yetishtirishda urug‘chilik tarmog‘i asosiy drayveri hisoblansa, urug‘chilikda esa eng muhim va dolzarb jarayon bu - aprobatsiya ko‘rigini sifatli o‘tkazilishi demakdir.
APROBATSIYA bu – (lotincha so‘zdan olingan bo‘lib Approbatio — tasdiqlash, maʼqullash maʼnosini anglatadi) o‘simliklarning genetik (nav) jihatdan sofligi, zararkunandalar bilan zararlangan-zararlanmaganligi, kasalliklarga chalingan-chalinmaganligini va ekish uchun mo‘ljallangan urug‘liklarning umumiy holatini aniqlash uchun dalada o‘tkaziladigan tekshiruv.
Mamlakatmizda dala aprobatsiya ishlari 1925 yildan boshlangan.
Shu sababli joylarda tuzilgan aprobatsiya komissiyalari tomonidan Respublikamizda kelgusi yil g‘alla hosili uchun serhosil, navdorlik sifat ko‘rsatkichlari davlat standartlariga to‘liq javob beradigan urug‘lik don jamg‘arish maqsadida, urug‘lik g‘alla maydonlarda aprobatsiya ko‘rigi olib borilmoqda.
Respublikada 2021 yil hosilidan 3 172 ta fermer xo‘jaliklari, elita urug‘lik xo‘jaliklari, ilmiy tadqiqot institutlari va 4 ta klaster korxonalari tomonidan, 90,7 ming gektar urug‘lik g‘alla maydonlarda boshoqli don ekinlarning 54 ta navidan jami 284 ming tonna sifatli sara urug‘lik don tayyorlash belgilangan.
Shundan ko‘paytirish ko‘chatzori 3,5 ming gektar, original avlodidan 55,2 ming gektar, elita avlodidan 31,5 ming gektar va birinchi avlodidan 491 gektar maydon urug‘lik g‘alla parvarishlanmoqda.
Aytish joizki Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlarining jami 183 ta inspektorlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi tomonidan 2014 yil 12 iyunda 2593-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan «Ekinbop urug‘liklar yetishtirish maqsadida ekilgan navli qishloq xo‘jalik ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom talablari asosida urug‘lik g‘alla maydonlarida aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazilishiga qatʼiy amal qilish, navga xos bo‘lmagan aralashmalari va begona o‘tlar mavjud maydonlarni urug‘likdan chiqarish va yaroqsiz, deb topish bo‘yicha nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonunining 35-moddasiga asosan “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi don korxonalar ularga qarashli maskanlar va urug‘lik sexlarining masʼul va javobgar shaxslari tomonidan joriy yilda urug‘lik materiallarini qabul qilish, joylashtirishda standartlar talabiga amal qilinishi hamda aprobatsiya komissiya aʼzolari aprobatsiya jarayonini belgilangan talabalar asosida o‘tkazish bo‘yicha Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalariga asosan maʼmuriy huquqbuzarliklar ko‘rilishi yuzasidan ogohlantirish xatlari berildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, respublikamizda bugungi kunda, amalga oshirilayotgan bu tadbirlar natijasida 2022 yil g‘alla hosili uchun navdorlik sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan, serhosil g‘alla navlaridan urug‘lik don jamg‘arilishda Inspeksiyaning Don ekinlari urug‘lari yetishtirilishni nazorat qilish bo‘limi hamda viloyat boshqarma, tuman hududiy bo‘limlari tomonidan tegishli choralar belgilanib, nazorat tadbirlari olib borilmoqda
Sh.Xayitov, Don ekinlari urug‘lari yetishtirilishni nazorat qilish bo‘lim boshlig‘i