Ру Ўз O`z En

Urug‘lik paxta maydonlarida o‘tkazilgan aprobatsiya ko‘rigining yakuniy natijalari

29 Sentyabr 2022 2191

Sifatli urug‘lik tayyorlash zamirida qishloq xo‘jaligi ekinlarining navdorlik sifat ko‘rsatkichlari katta ahamiyatga ega bo‘lganligi sababli urug‘lik maydonlarda dala aprobatsiya ko‘rigi hosil taqdirini belgilovchi muhim tadbirlardan biri hisoblanadi. Respublikada 2022 yil hosilidan urug‘lik paxta jamg‘arish maqsadida3 ming 234 nafar urug‘chilik xo‘jaliklarining 105,4 ming gektar urug‘lik paxta maydonlarida hududlarda tuzilgan aprobatsiya komissiyalari tomonidan dala aprobatsiya ko‘rigi o‘tkazildi.

O‘tkazilgan aprobatsiya ko‘rigi natijalariga ko‘ra, 3 ming 17 nafar xo‘jaliklarning 90,3 ming gektar maydoni yaroqli deb topilgan bo‘lsa,1 ming 391 nafar xo‘jaliklarning 15,1 ming gektar urug‘lik maydonlari turli sabablarga ko‘ra yaroqsiz deb topilib, urug‘lik maqomidan chiqarilgan.

Urug‘lik uchun yaroqsiz deb topilgan maydonlar tahlil qilinganda qo‘yidagi sabablarga asosan, yaʼni 3,5 ming gektari navdorlik ko‘rsatkichlari pastligi, 4,6 ming gektarda agrotexnik tadbirlar noto‘g‘ri o‘tkazilganligi, 401 gektarida meʼyordan ortiq ko‘chat qoldirilganligi,526 gektari kasallik va zararkunandalar bilan zararlanganligi uchun hamda 6 ming gektar maydonlar boshqa sabablarga ko‘ra yaroqsiz qilingan.

Shuningdek, aprobatorlar tomonidan yaroqli deb topilgan maydonlarning 3,4 ming gektaridan Elita avlodli, 45,7 ming gektardanR-I avlodli, 41 ming gektardan R-II avlodli va 129 gektardan R-III avlodli urug‘lik paxta yetishtirilishi belgilab olingan.

Paxtadan yuqori hosildorlikka erishish albatta navdor urug‘liklarning uzluksiz yetishtirilishiga bevosita bog‘liq. Shu maqsadda Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga qarashli 51 ta Elita urug‘chilik xo‘jaliklari va ilmiy tadqiqot institutlariga qarashli 17 ta filiallarning 2,9 ming gektar maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigi o‘tkazilib, yuqori navdorlik ko‘rsatkichlariga ega 2,8 ming gektar urug‘lik paxta maydonlari yaroqli deb topilib, yuqori avlodli urug‘lik paxta olish rejalashtirilgan.

Kelgusida ushbu maydonlardan sifatli urug‘lik paxta xomashyosi jamg‘arilishi Inspeksiya tomonidan nazorat qilib boriladi.

 

N.Ismailov — Urug‘lik paxta xom ashyosi chigiti yetishtirilishini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i.

B.Usmonov — Urug‘lik paxta xom ashyosi chigiti yetishtirilishini nazorat qilish bo‘limi katta inspektori.

Text to speech