Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etish, hududlarda, ayniqsa, mahallalarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yanada rivojlantirish, shuningdek, aholining turmush darajasini oshirish hamda tadbirkorlar uchun qulay investitsiya muhitini yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024 yil 30 dekabrida PQ-465-sonli qarori qabul qilindi.
Shu bilan birga «O‘zagroinspeksiya» xodimlariga ham bir qancha masʼuliyatli vazifalar yuklatilmoqda.
Jumladan,
-har bir tuman bo‘yicha dala chetlarida ekin ekish imkoni bor yerdan foydalanuvchilarni hosildor urug‘ va ko‘chat navlari bilan taʼminlanishi ustidan nazorat o‘rnatish;
-dala chetlarida ekin ekish ishlari ustidan monitoring o‘tkazish;
-agrotexnik tadbirlar o‘tkazishi holatini hamda ekin ekmagan yerdan foydalanuvchilarni aniqlash va ularga nisbatan taʼsir choralar qo‘llash;
-qaror talablaridan kelib chiqib dala chetlariga ekin ekmaganlik va yil davomida mahsulot yetishtirmaganlik uchun jarima qo‘llash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.
Ushbu qaror ijrosi yuzasidan «O‘zagroinspeksiya» tomonidan 2025 yil 7 yanvaridagi UM-01-25-sonli buyrug‘i qabul qilindi va qaror talablaridan kelib chiqqan holda qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan nazorat rejasi ishlab chiqildi.
Shuningdek, dala chetlariga ekin ekmaganlik uchun javobgarlik belgilanayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi va kelishish uchun vazirlik va idoralarga yuborildi.
Ushbu loyiha qonunchilikka qabul qilinishi bilan nafaqat yerdan foydalanuvchilar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan yer maydonlaridan samarali va oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yilishi, balki, qishloq xo‘jaligi ekinlaridan mo‘l hosil olish bilan bir qatorda aholining turmush darajasini oshirish hamda tadbirkorlar uchun qulay investitsiya muhiti yaratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 30 dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 465-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida «O‘zagroinspeksiya»ning Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida tumanlarda belgilangan grafiklarga asosan o‘quv seminarlar tashkil etildi.
O‘quv seminarda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i S.Sadikov, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi o‘rinbosari Komiljon Sobirov, Toshkent viloyat hokimining Qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xurshid Koraboyev va tegishli qishloq boshqarma boshliqlari, tuman qishloq xo‘jaliklar xodimlari sohaga doir mutasaddilar hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.
Seminarda dala chetlaridagi bo‘sh maydonlarni o‘zlashtirish, suv tejovchi texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari, dala madaniyatiga rioya etilishi, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish lozimligi yuzasidan fikrlar bildirib o‘tildi.
Boshqarmaning Qishloq xoʼjaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish boʼlim boshlig‘i SH.Axmedov