Yer umummilliy boylikdir, O‘zbekiston Respublikasi xalqi hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
“O‘zagroinspeksiya”ning Farg‘ona viloyat boshqarmasi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan Beshariq tumani, “Agrotexservis” massivida joylashgan tuman zaxirasidagi jami 1,44 gektar sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer maydonini 0,52 gektar qismini qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqarilishi oqibatida jami 341 mln 868 ming 324 so‘m miqdorida davlat manfaatlariga zarar keltirilganligi aniqlandi.
Bundan tashqari Bog‘dod tumani “Marqulobod chek saroyi” massivida faoliyat olib borayotgan “THE BEST FISHERMAN” fermer xo‘jaligi hisobida bo‘lgan 20,23-konturlardagi 49 bonitet balli, jami 13,47 gektar shundan 1,55 gektar yer maydonini sunʼiy baliq ko‘li tashkil qilishi natijasida ushbu yer maydonini qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqarganligi oqibatida jami 1 mlrd 084 mln 788 ming 781 so‘m miqdorida davlat manfaatlariga zarar yetkazilganligi aniqlanib, to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun prokuratura organlariga yuborildi.
Bugungi kunda Inspeksiyaning Farg‘ona viloyat boshqarmasi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish nazoratga olingan.
V.Boratov, Agroinspeksiyaning Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i