Xalqimiz orasida “Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda” degan naql bor va bu bejizga aytilmagan. Qishloq xo‘jaligida mo‘l hosil yetishtirishda kuzgi shudgorlashning ahamiyati juda katta. O‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilgan shudgor kelgusi yil hosiliga puxta zamin yaratadi.
Respublika hududlarida 2024-yil hosili uchun 1 mln 350 ming gektar maydonda kuzgi shudgorlash ishlari amalga oshirilishi belgilandi.
Joriy yilda shudgorlash mavsumiga 5 ming 786 dona haydov traktorlari jalb qilingan bo‘lib, shundan 4 329 donasi yuqori unumli haydov traktorlari tashkil etadi.
Bugungi kun holatiga (24.11.2023) hududlarda 1 mln 204 ming 255 gektar yoki 89,2 foiz maydonlarda shudgorlash ishlari amalga oshirilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining tezkor maʼlumotiga asosan)
“O‘zagroinspeksiya” tomonidan ushbu tadbirni joylarda sifatli o‘tkazilishi yuzasidan mavsum davomida nazorat tadbirlari o‘tkazilib borildi.
Bunda avvalam bor, shudgorlash sifatiga, shuningdek belgilangan chuqurlikda, dala boshi va oxiri haydalganligiga va har bir konturning to‘rtburchak, yaʼni “konvert” qilib, simyog‘och va daraxtlar atrofini to‘liq shudgorlanishiga eʼtibor qaratildi.
“O‘zagroinspeksiya” tomonidan mavsum boshidan buyon shudgorlash ishlarining sifatli o‘tkazilishi yuzasidan 21 ming ta nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Nazorat tadbirlari davomida hududlarda 6 ming 684 ta fermer xo‘jaliklarining 34 ming 622 gektar yer maydonlarida to‘liq kontur hosil qilmasdan, sifatsiz yoki belgilangan chuqurlikda shudgor qilinmaganligi aniqlandi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan, soha masʼullarga 446 ta taqdimnomalar va 20 ming 581 ta ogohlantirishlar berildi.
“O‘zagroinspeksiya” tomonidan hududlarda hududlarda shudgorlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi yuzasidan mavsum davomida doimiy nazoratga olib borilishini taʼminlaydi.
Inspeksiyaning Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish bo‘limi