Ру Ўз O`z En

Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari nazorati sohasida 1 - sentyabrdan boshlab nimalar o‘zgaradi?

21 Avgust 2023 2806

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 170-sonli qarorida 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab quyidagilar o‘zgarishi belgilab qo‘yilgan:

1. Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.

“O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DUK tomonidan ishlab chiqarish texnik bazasi belgilangan tartibda texnik jihatdan malakaliligi maʼqullashdan o‘tgan va Inspeksiyaning jismoniy shaxslarning 100 ot kuchi quvvatgacha bo‘lgan texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun zarur sharoitlarga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari reyestrga kiritilgan yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish amaliyoti joriy etiladi.

2. Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalariga texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risida talon berish amaliyoti bekor qilinadi (xorijiy davlatlarga ishga yuboriladigan texnikalardan tashqari)

Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi qog‘oz shaklidagi talon berish bekor qilinib, texnik ko‘rik maʼlumotlari to‘liq raqamlashtirilib,  “Texnikalar texnik ko‘rigi” avtomatlashtirilgan axborot tizimida elektron shaklda yuritish amaliyoti joriy etiladi.

Xorijiy davlatlarga ishga yuboriladigan texnikalarga amaldagi texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risida talon berish amaliyoti saqlanib qoladi.

3. Eski namunadagi texnik pasport, texnik guvohnoma, davlat raqami belgisi va traktorchi-mashinist guvohnomasi haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Eski namunadagi texnik pasport, texnik guvohnoma, davlat raqami belgisi va traktorchi-mashinist guvohnomasini majburiy tartibda almashtirishning yakuniy muddati 2023-yil 31-avgust etib belgilangan bo‘lib, 1-sentyabrdan boshlab ushbu eski namunadagi hujjatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Eski namunadagi texnik pasport va texnik guvohnoma, davlat raqam belgilari, traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirish muddati o‘tganda, fuqaro uni almashtirish uchun murojaat qilinganda maʼmuriy jarima qo‘llanilmaydi. Faqatgina, qishloq xo‘jaligi melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikasini boshqarish huquqini bermaydi.

Yaʼni muddati o‘tgan eski namunadagi texnik pasport va texnik guvohnoma, davlat raqam belgilari, traktorchi-mashinist guvohnomasi bilan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini boshqargan shaxsga nisbatan, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 135-moddasi bilan “hujjatsiz boshqarish” sifatida maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtiriladi.

 

 

Text to speech