Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zagroinspeksiya” axborot xizmati rahbari Xolida Shodiyeva maʼlum qildi:
“O‘zagroinspeksiya” tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suvdan oqilona va samarali foydalanilishini taʼminlash, sug‘oriladigan yerlarda qulay suv rejimini vujudga keltirish maqsadida amaliy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Ayniqsa, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suvdan samarali va oqilona foydalanilishini taʼminlash bilan birga suv isteʼmolchilari orasida qatʼiy taqsimlagan holda suv yetkazib berilishi hamda mavjud suv resurslaridan foydalanishda suv isrof bo‘lishini erta oldini olish maqsadida joylarda amaliy tadbirlar o‘tkazishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Xususan, suv resurslaridan foydalanishni nazorat qilish sohasidagi mutaxassislar tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 4 624 ta amaliy tadbirlar o‘tkazildi.
Berilgan aniq ko‘rsatmalar va amaliy choralar natijasida jami 9 424 ta holatda dalada suv isrof bo‘lishining oldi olindi.
Jumladan, ekin maydonlarini ko‘llatib sug‘orib, suv isrofgarchiligiga yo‘l qo‘yish, suvlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kollektor-drenaj tarmoqlariga tashlab qo‘yish, sug‘orish ishlariga yetarli darajada suvchilarni jalb etmay, dalada suvni qarovsiz qoldirish, limitdan ortiqcha suv olish, ajratilgan suvdan boshqa maqsadlarda foydalanish va boshqa shu kabi suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibini buzish holatlari aniqlanib, kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralari ko‘rildi.
Shuningdek, suv yetkazib beruvchi tashkilotlar tomonidan 350 ta holatda ruxsat etilmagan joylardan noqonuniy ravishda ochib olingan suv olish joylaridan suv berish, 11 ta holatda suv omboridan hamda
96 ta holatda nasos stansiyasidan ruxsatsiz suv chiqarish holatlari aniqlanib, suv olishni qatʼiy belgilangan rejimlari asosida amalga oshirilishi taʼminlandi.
Inspeksiya xodimlarining bevosita amaliy yordami bilan:
887 ta holatda suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchilari o‘rtasidagi nizoli holatlar bartaraf etildi;
1 ming 27 ta holatda suv taʼminoti og‘ir bo‘lgan hududlardagi suv isteʼmolchilariga suv yetkazib berishda ko‘maklashildi;
472 ta yaroqsiz holatga kelgan suv obyektlaridan behuda suvlar oqizib yuborilishi to‘xtatildi;
767 ta holatda suv yo‘qolishi yuqori bo‘lgan fermerlararo ichki sug‘orish tarmoqlarida taʼmirlash va tiklash ishlari tashkil qilindi;
370 ta holatda boshqa suv isteʼmolchilarining qonuniy manfaatlarini himoya qilib, ularning buzilgan huquqlari qayta tiklandi;
238 ta holatda suv xo‘jaligi obyektlariga yetkazilgan zarar o‘z holatiga qaytarildi;
262 ta joylarda tegishli tashkilotlar hamkorligida o‘quv amaliy seminarlari o‘tkazildi;
601 ta holatda esa, amaldagi qonun hujjatlari va ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni tushuntirish, undagi talablar buzilishining oldini olishga qaratilgan uslubiy va tavsiyaviy yordamlar ko‘rsatildi.
Bundan tashqari, suv tanqisligi sezilgan hududlarda bir sug‘orish tarmog‘idan foydalanuvchi fermer, dehqon xo‘jaliklari va boshqalar o‘rtasida suvdan navbatlab foydalanish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Bugungi kunda, Inspeksiya xodimlari tomonidan ko‘rsatilayotgan amaliy ishlar natijasida suv isteʼmolchilarining suvdan foydalanish madaniyati darajasi yuksalib, sug‘orish uchun ajratilgan suv resurslaridan oqilona va tejab foydalanish taʼminlanmoqda.
“O‘zagroinspeksiya” Axborot xizmati