Ру Ўз O`z En

Xatirchi: urug‘lik paxta ekilgan maydonlarda aprobatsiya tadbirlari nazoratda

11 Sentyabr 2023 1349

Respublikamizda paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining kelgusi yilda yuqori hosilli hamda sifatli urug‘lik chigit bilan uzluksiz taʼminlab borish maqsadida, har yili urug‘lik paxta uchun ekilgan maydonlarda aprobatsiya tadbirlari o‘tkaziladi.

Inspeksiyaning Navoiy viloyati Xatirchi tumani bo‘limi tomonidan urug‘lik uchun ekilgan g‘o‘za maydonlarida aprobatsiya komissiyasi hamda urug‘chilik fermer xo‘jaliklari tomonidan asosiy bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar, olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar doimiy nazorat qilib borildi.

Tumanda 2023 yil hosilidan super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik paxta yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun ixtisoslashtirilgan hududlarning 27 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan jami 1000 gektar maydonda urug‘lik paxta ekinlari yetishtirilgan.

Ushbu maydonlarda bugungi kunda begona nav va turlardan, madaniy hamda begona o‘simliklardan qo‘lda navdorlik o‘tog‘ini o‘tkazilishi to‘g‘risida monitoring ishlari olib borilib, inspeksiya xodimlari tomonidan fermer xo‘jaliklari rahbarlariga ogohlantirish xatlari berib borilmoqda.

Shuningdek, “Xatirchi elita urug‘chiligi” MCHJ da barcha (27-nafar) urug‘chilik fermer xo‘jaliklari rahbarlari, sohaga taʼlluqli bo‘lgan viloyat, tuman tashkilot rahbarlari, mutaxassislari ishtirokida g‘o‘za maydonlarida aprobatsiya tadbirlarini sifatli, o‘z vaqtida olib borish maqsadida seminarlar tashkil etilib, profilaktik tadbirlar olib borildi.

Monitoring natijalariga asosan aprobatsiya tadbirlarini sifatli o‘tkazilishi nazoratga olinib, Agrotexnik tadbirlar sababli urug‘chilik talablariga javob bermaydigan 8 ta fermer xo‘jaligining jami 55 gektar maydonida yetishtirilgan hosil yaroqsiz deb topildi.

Agroinspeksiya boshqarmasi tomonidan sohaviy faoliyatni tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga asosan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha tegishli tartibda taalluqliligi bo‘yicha sudlarga taqdim etilishi to‘g‘risida ogohlantirish ishlari olib borilmoqda.

Agroinspeksiyaning Navoiy viloyat boshqarmasi    

Text to speech