Ру Ўз O`z En

XIVADA QOVUN SAYLI

6 Sentyabr 2022 2048

4 sentyabr kuni qadimiy va navqiron Xiva shahrida anʼanaviy qovun sayli o‘tkazildi.

“Gurvak – Xorazm qovunchiligining ramzi” deb nomlangan ushbu festivalda xorijlik mehmonlar, viloyatimizning barcha hududlaridan mirishkor dehqonlar, qovun yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi fermerlar ishtirok etdi. Har bir shahar va tuman o‘zlariga ajratilgan pavilyonlarni bayramona bezatib, o‘zlarining hududlarida yetishtirilgan shirin-shakar qovunlarning ko‘rgazma savdosini tashkil qildilar.

Savdo ko‘rgazmasida agroinspeksiyaning Xorazm viloyati boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari xodimlari ham o‘zlariga ajratilgan pavilyonda ko‘rgazma tashkil etib, faol ishtirok etdilar.

Viloyat hokimi Farxod Ermanov festival ishtirokchilarini tabriklab, Xorazm qovunlarining dovrug‘ini qayta tiklash borasida olib borilayotgan ishlarga to‘xtaldi.

Hakamlar hayʼati qaroriga ko‘ra eng ko‘p qovun eksport qilgan Shovot tumani festivalning oliy o‘rin sohibi deb topilib, “Damas” yengil avtomashinasi bilan taqdirlandi.

Tadbirda shuningdek qovunchilikda eng yaxshi natijalarga erishgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari ham taqdirlandi.

Viloyat sanʼat ustalari ijrosidagi madaniy dastur saylga o‘zgacha fayz kiritdi.

 

O‘zagroinspeksiyaning Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati

Text to speech