Prezidentning “Maʼmuriy islohotlar doirasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoni bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligining qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilishda davlat nazoratini amalga oshirish sohasidagi vazifa va funksiyalari Inspeksiya tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.
Shunga muvofiq, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning 2024-yil yanvar-aprel oylarida 57 ta holatda 6,2 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqarish holatlari aniqlanib, 3 milliard 888 million, 47 ming so‘m zarar hisoblab chiqilgan.
Qonun buzilish holatlari, jismoniy shaxslar faoliyati bo‘yicha 47 ta holatda 2.25 gektar maydonga 1 mlrd 484 million 496 ming so‘mlik, yuridik shaxslar (fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlik subyektlari) faoliyati bo‘yicha 10 ta holatda 3.95 gektar maydonga 2 mlrd 503 million 551 ming so‘mlik zarar hisoblangan.
Mazkur qonunbuzarliklar toifalarga ajratilib tahlil qilinganda: - qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda noqonuniy qurilish ishlari olib borish holatlari bo‘yicha – 56 ta holatda 2.5 gektar maydonga 1 mlrd 654 million 530 ming so‘mlik zarar yetkazilgan;
- noqonuniy ravishda tuproqning unumdor qatlamini qazib olish orqali zarar yetkazish bo‘yicha – 1 ta holatda 3.7 gektar maydonga 2 mlrd 233 million 516 ming so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi.
Yetkazilgan zararlarni undirish bo‘yicha 32 ta holatda (975 million 604 ming so‘m) sudlarga davo arizalari kiritilishi taʼminlandi, 1 ta holatda 7 million 139 ming so‘m zararni ixtiyoriy muddatda to‘lash bo‘yicha ogohlantirish xati chiqarildi, 24 ta holatda esa 2 milliard 905 million 303 ming so‘m zarar hisoblanib, to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
N.Karimov- “O‘zagroinspeksiya”ning Xorazm viloyat boshqarmasi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish sho‘basi boshlig‘i