Ayni vaqtda Respublikamiz bo‘ylab obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari avjida. Negaki, borliq uyg‘onib, bog‘u rog‘lar yashilikka burkanmoqda. Bilamizki, yaxshi niyat bilan ekilgan daraxt ko‘chatlarining soyasi ham, mevasi ham insonlarga foyda.
Shundan kelib chiqib, "O‘zagroinspeksiya"ning Navoiy viloyati boshqarmasi va tuman bo‘limi xodimlari ham ushbu xayrli ishdan chetda turmaslik uchun hududlarimizda ko‘chat nihollari ekishda faol ishtirok etib kelishmoqda.Bu ishlarga bosh-qosh bo‘lgan boshqarma boshlig‘i A.Rashidovni taʼkidlashicha, “Mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan ko‘chat ekish aksiyasida faol ishtirok etish, bo‘sh joylarni obod qilish har kungi ishimiz bo‘lmog‘i kerak.Bugungi kunda ham viloyat boshqarmasi va barcha tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tevarak-atroflarini obodonlashtirishdek xayrli ishlar davom ettirilmoqda.
D. Rashidova, Navoiy viloyati boshqarmasi