Ру Ўз O`z En

Yer va suvdan foydalanish Buxoro viloyati misolida

19 Iyun 2020 3698

Keyingi yillarda mamlakatimiz yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi yer maydonlarini maqbullashtirish va ularni ajratishni soddalashtirilgan tartibini qo‘llash, yer va suv resurslaridan foydalanishda zamonaviy bozor mexanizmidagi, innovatsion va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish, past hosilli paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirish hisobiga yuqori daromadli eksportbop mahsulotlar yetishtirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur vazifalarni bajarilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5742-sonli farmoni qabul qilingan.

Unga ko‘ra, qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi va uning “Yo‘l xaritasi”, 2020 - 2030 yillarda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirning prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlangan.

 2020 - 2030 yillarda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish samaradoligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar asosida Respublikada 1 111 723 gektar, Buxoro viloyatida 39063 gektar, Jondor tumanida esa 6105 gektar qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarining foydalanishga kiritilishi rejalashtirilgan. Bu boradagi harakatlar esa boshlab yuborilgan.

 “O‘zagroinspeksiya”ning Buxoro viloyati boshqarmasi Jondor tuman bo‘limi tumanda yer va suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish bo‘yicha joriy yilning yanvar-may oylari mobaynida o‘tkazilgan nazorat tadbirlariga ko‘ra, 34 holatda yer, 8 holatda suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibini buzganlik holatlari aniqlandi va O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddalari bilan huquqbuzarlarga nisbatan 11,6 mln.so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.

Darhaqiqat, maqsadimiz yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish uni muhofaza qilish, Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlashdan iboratdir.

“O‘zagroinspeksiya”ning Buxoro viloyat boshqarmasi 

 

Text to speech