O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Urgut tuman bo‘limi tomonidan qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi hamda qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan doimiy ravishda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Jumladan, Urgut tumanidagi “Urgut fruits” fermer xo‘jaligi raisining bildirish xatiga asosan o‘tkazilgan o‘rganish davomida fuqaro N.K.“M.Hamroev” agrofirmasi hududidagi 329-raqamli dala konturida qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan 0,0152 gektar yer maydoniga uy-joy qurish uchun toshdan poydevor qurib, qurilish chiqitlari bilan yerni yaroqsiz holga keltirganligi natijasida yerning unumdor qatlamiga 6 mln. 331 ming so‘m zarar yetkazganligi aniqlandi.
Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 65-moddasi 4-qismi qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Mazkur holat O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 2457-moddasiga asosan, Inspeksiyaning Urgut tuman bo‘limi tomonidan ko‘rib chiqildi. N.K. ga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 3 (uch) baravari miqdorida, ya’ni 669 ming so‘m jarima jazosi tayinlandi.
Yerning unumdor qatlamiga yetkazilgan 6 mln. 331ming so‘m zarar va 669 ming so‘m ma’muriy jarima ixtiyoriy ravishda undirilib noqonuniy ravishda boshlangan bino qurilishi to‘xtatildi.
“O‘zagroinspeksiya” Samarqand viloyati boshqarmasi