Xorazm viloyatdagi g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklar va don klasterlari tomonidan 2024 yil g‘alla qabul qilish mavsumida 85 ming tonna bug‘doy doni, shundan 77 ming tonna tovar doni shu jumladan jamg‘arma hisobiga 26 ming 900 tonna, vaqtincha saqlash uchun 50 ming 100 tonna va 8 ming tonna urug‘lik bug‘doy doni yetishtirilishi rejalashtirilgan.
Viloyatda joriy yilning 7 iyun kunidan g‘alla o‘rish yig‘ish ishlari boshlab yuborilgan bo‘lib, viloyatdagi g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklar va don klasterlari tomonidan vaqtincha saqlash hamda davlat zaxirasi uchun o‘zlariga berilgan don topshirish bo‘yicha topshiriqlarni juda qisqa muddatlar ichida ortig‘i bilan bajarilishiga erishdilar.
Xorazm viloyatida belgilangan vazifalarga ko‘ra, davlat zaxira 27 ming 829 tonna yoki 102 foiz va vaqtincha saqlash uchun qabul qilinishi 70 ming 737 tonna yoki 143 foiz g‘alla don qabul qiluvchi korxonalariga topshirildi.
“O‘zagroinspeksiya”ning Xorazm viloyati boshqarmasining masʼul mutaxassislari tomonidan qabul qiluvchi va topshiruvchilar o‘rtasida donning sifati bo‘yicha yuzaga keladigan nizoli masalalarni haqqoniy hal qilinishiga erishildi.
Viloyat boshqarmasi mutaxassislarining say harakatlari natijasida davlat zaxirasiga qabul qilingan 27 ming 829 tonna va vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan 70 ming 737 tonna bug‘doy donlari yuqori 3-sinflarga qabul qilinishiga erishildi.
Qabul qilingan donlarning o‘rtacha sifat ko‘rsatkichlari namligi 12,38 foiz, iflosligi 3,04 foiz, donli aralashmasi 4,28 foiz, natura og‘irligi 751g/l, kleykovina miqdori 23 foiz, shaffofligi 53 foizni tashkil qildi.
O‘z navbatida viloyatda don qabul qiladigan don korxonalar va ularga qarashli don qabul qilish shoxobchalariga biriktirilgan “O‘zagroinspeksiya”ning Xorazm viloyati boshqarmasi mutaxassislari tomonidan qabul qilinayotgan donlarni sifat ko‘rsatkichlariga qarab joylashtirish, olingan namunalarni amaldagi meʼyoriy hujjatlar asosida tahlil qilinishi va tahlil natijalarini to‘g‘ri rasmiylashtirish bo‘yicha masʼul bo‘lgan mutaxassislarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi to‘liq nazorat qilib borilmoqda.