Ру Ўз O`z En

2022 yil hosilidan jamg‘arilgan urug‘lik paxta xom-ashyosining g‘aramlarda saqlanishi yuzasidan Press-tur bo‘lib o‘tdi

1 Dekabr 2022 1452

"O‘zagroinspeksiya" va uning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan 2022 yil hosilidan jamg‘arilgan urug‘lik paxta xom-ashyosining g‘aramlarda saqlanishi va profilaktik tadbirlarning amalga oshirilishi va bu borada viloyati boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan o‘rnatilgan nazorat tadbirlari yuzasidan Press-tur uyushtirildi.

Press-turda joriy yil viloyatda 5 ta paxta to‘qimachilik klasterlari va 3 ta elita urug‘chilik xo‘jaliklari tomonidan jami 7500 tonna shundan, 6300 tonna asosiy fond uchun va 1200 tonna zaxira fond uchun urug‘lik paxta xomashyosi jamg‘arilgani yuzasidan OAV vakillariga batafsil maʼlumotlar berildi.

Bugungi kunda, g‘aramlarda jamg‘arilgan urug‘lik paxta xomashyosining 3450 tonnasi “Sulton”, “Buxoro-102”,“S-8290” navlariga 380 tonnasi istiqbolli navlarga mansubdir.

Ushbu jamg‘arilgan urug‘lik paxta xomashyosi seleksion navi va avlodlari bo‘yicha paxta to‘qimachilik klasterlari korxonalarida alohida-alohida 35 ta g‘aramlarda saqlanmoqda.

Bugungi kunda, paxta to‘qimachilik klasterlaridan jamg‘arilgan urug‘lik paxta xom ashyosini g‘aramlarda normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar bo‘yicha saqlanishini taʼminlash talab etiladi.

Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 oktyabrdagi 641-sonli qarori 5-ilovasi bilan, tasdiqlangan “Urug‘lik paxta xomashyosini qabul qilish, saqlash, dastlabki qayta ishlash, urug‘lik chigit tayyorlash, saqlash,tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari bo‘yicha Inspeksiya tomonidan nazorat tadbirlari yo‘lga qo‘yilgan.

Jumladan, bugungi kunda paxta to‘qimachilik korxonalari masʼul xodimlar tomonidan urug‘lik paxta g‘aramlarining saqlanishi va tashqi ko‘rinishining kuzatib borilishi;

g‘aram haroratining har besh kunda bir marta o‘lchanishi va maxsus daftarda qayd etib borilishi;

hamda urug‘lik paxta xomashyosi g‘aramidagi haroratiga qarab, havo so‘rish choralarining ko‘rib borilayotganligi nazoratga olib borilmoqda.

Urug‘liklarni belgilangan tartibda saqlanishi va qayta ishlanishi natijasida fermer xo‘jaliklarini yuqori sifatli urug‘lik chigit bilan taʼminlash, pirovardida paxtadan yuqori hosil olinishiga zamin yaratiladi.

Buning uchun, korxona masʼul xodimlarga inspeksiya tomonidan, birinchi navbatda tushuntirishlar, amaliy tavsiyalar va tegishli ko‘rsatmalar berib borilmoqda.

Sohada, joriy yilda jami 512 ta nazorat tadbirlar o‘tkazilib, shundan tekshirishlar soni 29 ta (xabardor qilish tartibida 6 ta), monitoring (o‘rganish) 483 tani tashkil qiladi.

Shuningdek, o‘tkazilgan monitoring va o‘rganishlar natijasida 743 ta ogohlantiruvlar kiritildi.

Xususan, paxta to‘qimachilik klasterlarida urug‘lik paxta xomashyosining g‘aramlarda saqlanishi va profilaktik tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan keng tushunchalar berish bo‘yicha O‘zagroinspeksiyaning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning 28 noyabr kuni Do‘stlik tumani “Sangzor tekistilMCHJ paxta to‘qimachilik klasteri korxonasida “O‘zbekiston milliy axborot agentligi” O‘zA, “O‘zbekiston-24” telekanali, “Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi” muxbirlari va “Jizzax-24” internet sayti blogerlari ishtirokida matbuot anjumani ham tashkil etildi.

O‘tkazilgan matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlarga shu sohada amalga oshirilayotgan ishlar va ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan berilgan savollarga, “Sangzor tekistilMCHJ paxta to‘qimachilik klasteri masʼul rahbarlari va O‘zagroinspeksiyaning Jizzax viloyati boshqarmasi soha inspektorlari tomonidan keng qamrovli tushunchalar berib o‘tildi.

Text to speech