“O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi don korxonalarida 2021 - yil hosilidan davlat resursiga qabul qilingan donni sifatli saqlanishi va ulardan oqilona foydalanishi, rejasiz tashishlar hajmini qisqartirilishi hamda ishlab chiqarishga berilayotgan donlarning sifat ko‘rsatkichlari ustidan nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Xususan: Davlat resursiga qabul qilingan bug‘doydan yanvar-sentyabr oylarida viloyat ichida tashilgan 650 ming 872 tonnasi, viloyatlararo tashilgan 301 ming 985 tonna bug‘doy nazorat (inspektirovaniye) qilindi.
Shuningdek, chetga eksport qilingan jami 56 ming 53 tonna, shundan 24 ming 271 tonna bug‘doy, 22 ming 581 tonna un mahsulotlaridan namunalar olinib, tahlil qilindi va 1185 ta sertifikatlar rasmiylashtirildi.
Bundan tashqari, mamlakatimizga import qilingan 1 mln. 170 ming 5 tonna, shundan 1 mln. 45 ming 769 tonna bug‘doy, 111 ming 606 tonna un va 12 ming 630 tonna boshqa turdagi don mahsulotlaridan namunalar olinib, tahlil qilindi va 4850 ta sertifikatlar Inspeksiya qoshidagi Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi davlat unitar korxonasi tomonidan rasmiylashtirildi.
2021 - yil hosilidan yakunlangan 83 ta don partiyalari bo‘yicha 64 tasi ko‘rib chiqildi va tegishli hujjatlar asosida tasdiqlandi. Don korxonalari tomonidan bug‘doy doni partiyalariga tuzilgan 3 ta tozalov-dalolatnomalarida donning tabiiy kamayishi miqdori yuqori bo‘lganligi sababli Prokuratura organlariga huquqiy xulosa olish uchun taqdim etildi.
O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 1855 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan bo‘lib, shundan shundan ko‘rilgan taʼsir choralari:
- 1454 marotaba yozma ko‘rsatmalar berilgan;
- 141 ta taqdimnomalar kiritilgan;
- 5052 ta ogohlantiruvlar berilgan;
- 112 ta materiallar qonuniy qaror qabul qilish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga shundan, 112 ta sudlarga, 44 ta prokuraturaga yuborilgan.
Rasmiylashtirilgan maʼmuriy bayonnomalar 215 ta va jami taʼsir choralar soni 1699 tani tashkil etmoqda.
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash bilan bir qatorda aholimizni sifatli don va un mahsulotlari bilan taʼminlash imkoniyatini yaratadi.
Sardor Zuparov, Don, urug‘lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i