Ру Ўз O`z En

Naslchilik ishlari chorvachilik kelajagining poydevoridir

14 Avgust 2023 2034

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019-yil 12-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi ishlab chiqarishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni to‘g‘rilash to‘g‘risida”
575-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” PQ-4254-sonli Qarorlar ijrosini ta’minlash Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyot vazirligi huzuridagi agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Jizzax viloyat boshqarmasi G'allaorol tuman bo'limi bosh mutaxassisi A.Abdurashidov tumandagi “Rohat” fermer xo'jaligida naslli qoramollarni sun'iy urug'lantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar ustidan nazoratni olib borish bordi.

 Xususan, tuman bo‘yicha 2023-yil uchun jami 3,2 ming doza naslli buqa urug‘lari keltirilgan bo‘lib, shundan, bugungi kunga qadar 2 135 bosh sigir va qochirish yoshidagi g‘unajinlar sunʼiy urug‘lantirilgan.

Jumladan, «Rohat» fermer xo‘jaligining shvis zotiga mansub 8 bosh naslli qora mollari hududga biriktirilgan naslli buqa urug‘i bilan sunʼiy urug‘lantirildi.

Sunʼiy urug‘lantirishning afzalligi

Tabiiy yo‘l bilan bir bosh buqa yil davomida 50-70 bosh sigirlarni urug‘lantirishi mumkin va albatta olingan avlodlarining jinsi shartli ravishda 50:50 nisbatda bo‘ladi.

Sunʼiy urug‘lantirish uchun bir bosh naslli buqadan hayoti davomida 100 ming dozadan ortiq urug‘ olinsa, bundan kamida 40 ming bosh naslli buzoq olish mumkin, ulardan 20 ming boshi (50%) urg‘ochi bo‘lsa, keyinchalik ular sigir bo‘lib, podani to‘ldirishga asos bo‘ladi.

Bundan tashqari, ushbu qarorlar bilan veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish sohasi zimmasiga:

- chorvachilikda sunʼiy urug‘lantirish, naslchilik-seleksiya ishlarini tashkil etish va qishloq xo‘jaligi hayvonlarini zoti bo‘yicha rayonlashtirish;

- veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasidagi va o‘z vakolatiga kiradigan boshqa masalalarga doir tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;

- qishloq xo‘jaligi hayvonlarini zoti bo‘yicha joylashtirish rejalarining bajarilishini o‘rganish kabi vazifalar yuklatilgan bo‘lib o‘z navbatida bunga mutanosib Inspeksiyaga ularning nazoratini amalga oshirish vazifalari yuklatilgan.

Bugungi kunda, «O‘zagroinspeksiya»ning tuman bo‘limining sohaga masʼul mutaxassisi tumanda sohaga masʼul mutasaddi tashkilotlarning mutaxassislari bilan birgalikda olib borayotgan saʼy-harakatlari natijasida tumanda nasldor buzoqlar olish, ularni ko‘paytirish va parvarish qilish ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan.

«O‘zagroinspeksiya»ning G‘allaorol tuman bo‘limi bosh mutaxassisi A. Abdurashidov

Text to speech