Ру Ўз O`z En

15 kun ichida aniqlangan qonunbuzilishlar soni 791 tani tashkil etmoqda

19 Iyul 2021 1771

"O‘zagroinspeksiya" faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy-normativ hujjatlarga asosan, inspeksiya organlari tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasida qonunchilik ijrosini taʼminlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish, suv resurslaridan samarali foydalanish yuzasidan doimiy ravishda monitoring-tahlil tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Shu maqsadda, Inspeksiyaning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari inspektorlari tomonidan 2021 yil 1-15 iyul kunlari 175 ta tekshirish va 876 ta monitoring tarzida jami 1051 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, 791 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan huquqbuzarliklarning 95 tasi qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini yetishtirish, 26 tasi paxta xom ashyosi, don, urug‘lari va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanish, 220 tasi agrotexnik tadbirlarni o‘tkazilishini nazorat qilish, 139 tasi texnikalarni nazorat qilish, 66 tasi chorvachilikda naslchilik ishlarini nazorat qilish, 244 tasi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslaridan foydalanish ustidan nazorat qilish, 1 tasi meʼyoriy hujjatlar ijrosini nazorat qilish sertifikatlash va metrologiya sohasidagi huquqbuzarliklarni tashkil etadi.

Aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan, qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlariga nisbatan 570 ta yozma ko‘rsatma berilib, 183 ta maʼmuriy qarorlar qabul qilindi. Mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan 35 ta taqdimnoma kiritildi va 26 ta holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

O‘n besh kunda inspeksiyaning Nishon tumani bo‘limi tomonidan 132 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib shundan 72 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlandi. Qamashida 131 ta nazorat tadbirlarining 115 tasida, Mirishkorda 113 ta nazorat tadbirlarining 98 tasida hamda Qarshi tumanida 114 ta nazorat tadbirlarining 98 tasida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

Sarvinoz Ismoilova, “O‘zagroinspeksiya” Qashqadaryo viloyat boshqarmasi matbuot kotibi

 

Text to speech