Ру Ўз O`z En

150 TA XO‘JALIKDA YAROQSIZ URUG‘LIK-DON YETISHTIRILGAN

16 Iyul 2021 1709

Joriy mavsumda viloyatda 454 nafar urug‘chilik xo‘jaliklarining10 ming 800 gektar suvli maydonida kelgusida urug‘lik don olish uchun boshoqli don ekinlari parvarishlangan edi.

Ayni vaqtga qadar ushbu dalalardan 30 ming 709 tonna yuqori avlodli urug‘lik don jamg‘arildi. Ularning haqiqatan ham belgilangan talablar asosida parvarishlangani va meʼyoriy sifat ko‘rsatkichlariga to‘la muvofiqligi o‘rganildi.

Buni aniqlash uchun qo‘llaniladigan eng asosiy tadbirlardan biri urug‘lik don yetishtirilgan maydonlarni tegishli Nizom talablari asosida aprobatsiya ko‘rigidan o‘tkazish hisoblanadi.

Hozirgi kunda viloyatda 10 ming 800 gektar maydon tegishli mutaxassislardan iborat Komissiya tomonidan to‘liq aprobatsiya ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada 150 ta fermer xo‘jaliklarining 2 ming 296 gektar urug‘lik g‘alla yetishtirilgan ekin maydonlarida begona navlar aralashmasi belgilangan meʼyorlardan ko‘pligi, kasallik va zararkunandalar bilan zararlanganligi aniqlandi. Komissiya xulosalari asosida ushbu xo‘jaliklar tomonidan yetishtirilgan urug‘lik don urug‘lik sifatida foydalanish uchun yaroqsiz deb topildi. Buning natijasida kelgusi yil hosili uchun 9 ming 184 tonna sifatsiz urug‘lik don jamg‘arilishining oldi olindi.

Ayni vaqtda bu borada QonunbuzilishI holatlarigA yo‘l qo‘ygan maʼsullarga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy qarorlar qabul qilinmoqda.

 

Sherali Jo‘rayev, “O‘zagroinspeksiyaning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi katta inspektori

Text to speech