Ру Ўз O`z En

2021 - yil hosili uchun urug‘chilik subyektlari tomonidan tayyorlangan jami 11 769 tonna urug‘lik don standart talablari bo‘yicha nomuvofiq deb topilgan

6 Oktyabr 2021 1768

Inspeksiya organlari tomonidan Respublikada 2021 yil hosilidan Qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘larini yetishtirish, qayta ishlash va realizatsiya qilish sohasida o‘tgan hisobot davrida quyidagilar amalga oshirilgan.

Xususan, Respublika bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining yetishtirilishini nazorat qilish sohasida jami 192 ta Inspektorlar faoliyat olib borib, joriy yilning o‘tgan davrida Inspektorlarimiz tomonidan mazkur sohada jami 18 808 ta nazorat tadbirlari o‘tkazildi, Shundan

– tekshirishlar soni 1 134 ta,

– monitoring o‘rganishlar 17 674ta,

– aniqlangan qonunbuzilishlar 7 778 tani tashkil etib,

– sohaga aloqador korxona va tashkilotlarga 1 138 ta taqdimnoma va 5 816 ta yozma ko‘rsatmalar kiritilgan.

– mansabdor shaxslarga nisbatan 762 ta maʼmuriy qarorlar qabul qilingan.

– ushbu sohada ishni to‘g‘ri tashkil etish maqsadida 17 752 ta jismoniy va yuridik shaxslar ogohlantirilgan.

Qonuniy qaror qabul qilish uchun sudlarga, prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 540 ta materiallar yuborilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 sentyabrdagi 546-son qarori ijrosi yuzasidan 2021 yil hosili uchun boshoqli don ekinlari tayyorlanishi, realizatsiya qilinishi muntazam nazoratga olinib o‘rganib borildi.

Jumladan, Respublika bo‘yicha jami 2021 yil hosili uchun 1 mln 38 ming gektar suvli maydonlarda, boshoqli don ekinlari ekilgan bo‘lib, shundan g‘allaning 82 ta navdan jami 303 ming tonnadan ortiq urug‘lik don realizatsiya qilingan.

Hududlarda belgilangan tartibga asosan boshoqli don ekinlari navlarini viloyatda 10 ta.dan, tumanda esa 5 tadan ortiq navlar ekish taʼqiqlanganligiga qaramay, amalda viloyatlarda 13 tadan 32 tagacha, tumanlarda esa 7 tadan 20 tagacha g‘alla navlari ekilganligi aniqlangan.

Jumladan, Surxondaryo va Qashqadaryoda 31 ta, Jizzaxda 25 ta, Toshkentda 28 ta, Sirdaryoda 23 ta, Samarqandda 25 ta, Farg‘onada 19 ta, Andijon viloyatida 21 ta va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 17 ta, Buxoro, Navoiy, Namangan va Xorazm viloyatlarida 15 tagacha g‘alla navlari ekilishiga yo‘l qo‘yilgan.

Shu bilan birga hududlarda urug‘lik don yetishtiruvchi xo‘jaliklarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovlarda jami 1206 ta holatda Nizom talablari buzilishi va unga rioya qilinmaganligi aniqlangan.

Xususan, 12 ta holatda tanlovlarning belgilangan muddatlarda o‘tkazilmaganligi, 48 ta holatda fermer xo‘jaliklarining noto‘g‘ri tanlab olinishi, 515 ta holatda baholash mezonlarining buzilishi hamda 631 ta holatda talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar mavjudligi aniqlangan bo‘lsa 48 ta holatda xo‘jaliklarni noto‘g‘ri tanlanganligi aniqlanib, mazkur holatlarga yo‘l qo‘ygan masʼul va mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli jazo choralari belgilangan.

Shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 maydagi “2021 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don hosilini o‘z vaqtida va sifatli o‘rib-yig‘ib olishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yiilda respublika bo‘yicha jami 3 172 ta urug‘chilik subyektlarning 93,6 ming gektar maydonda aprobatsiya ko‘rigi o‘tkazilib shundan yaroqli deb topilgan 2 808 ta subyektlarning 75,6 ming gektar yoki 83 foizni tashkil etsa, urug‘chilik talablariga javob bermagan yaʼni yaroqsiz deb topilgan 998 ta subyektlarning 17,7 ming gektar yoki 20 foiz kutiladigan 53 ming tonna urug‘liklar tovar donga o‘tkazildi.

Aprobatsiya ko‘rigidan o‘tgan maydonlardan, 2022 yil g‘alla hosili uchun respublika bo‘yicha jami 134 ta tumandagi 137 ta don qabul qilish shaxobchalari tomonidan suvli maydonlardan g‘allaning 45 ta navidan jami 272 ming tonnadan ortiq urug‘lik don tayyorlanib, belgilangan 260,2 ming tonna urug‘lik jamg‘arish rejasi 105 foizga bajarilgan.

Shu bilan birga Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 martdagi “Mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish va 2021 yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish to‘g‘risida”gi 121-sonli qarori ijrosi yuzasidan respublika bo‘yicha jami 2021 yil hosili uchun 1 mln 33 ming gektar maydonlarda, paxta ekilgan bo‘lib shundan g‘o‘zaning 53 ta navdan jami 56,7 ming tonna urug‘liklar realizatsiya qilingan.

Yuqoridagi kabi paxtachilikda ham belgilangan tartibga asosan boshoqli don ekinlari navlarini viloyatda 5 tadan, tumanda esa 2 tadan ortiq navlar ekish taʼqiqlanganligiga qaramasdan, amalda viloyatlarda 6 tadan 9 tagacha, tumanlarda esa 3 tadan 5 tagacha xo‘jaliklarda esa 2-3 tadan navlar ekilganligi aniqlangan.

Jumladan, Surxondaryo viloyatida 29 ta va Qashqadaryoda 11 ta, Namangan va Sirdaryoda 7 ta, Jizzax va Farg‘onada 6 tadan g‘o‘za navlari ekilishiga yo‘l qo‘yilgan.

Bundan tashqari,2021 yil hosili uchun Kartoshka 16,9 ming tonna, Soya 4,5 ming tonna, Makkajo‘xori 2,5 ming tonna, Sholi 289 tonna, Kungaboqar 176,7 tonna hamda 102 tonnadan ortiq boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘laridan jami 29,2 ming tonna urug‘liklarni muvofiqlik sertifikati asosida realizatsiya qilinishi nazorat qilib borildi.

Yuqoridagi qarorlar ijrosi bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida, 2021 yil hosili uchun urug‘chilik subyektlari tomonidan tayyorlangan jami 11 769 tonna urug‘lik don hamda 1 983 tonna urug‘lik chigit hamda 1,1 ming tonna urug‘lik kartoshka sifati standart talablari bo‘yicha nomuvofiq deb topilib, ko‘pgina qishloq xo‘jalik korxonalarining katta iqtisodiy zarar ko‘rishi oldi olingan. Mazkur holatlar yuzasidan inspektorlar tomonidan choralar ko‘rilib va tegishli to‘plangan materiallar prokuratura organlariga taqdim etilgan.

Hozirgi kunda Inspeksiya organlari tomonidan respublika bo‘yicha 2022 yil hosili uchun qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘larini yig‘ishtirish, qabul qilish va qayta ishlash jarayonlarini nazorat qilib borilmoqda.

Jumladan, Respublikadagi don korxonalardagi mavjud 67 ta urug‘lik qayta ishlash sexlari tomonidan jami 218,1 ming tonna urug‘lik donni standart talablari asosida nav va avlodlari bo‘yicha tozalash, saralash, dorilash jarayonida 7 114 tonna urug‘lik don to‘dalari davlat standart talabiga javob bermaganligi aniqlanib, realizatsiya qilinishining oldi olindi.

Respublika bo‘yicha korxonalar tomonidan tashkil etilgan 184 ta urug‘lik don tarqatish shaxobchalari orqali urug‘liklarni belgilangan standart talablari asosida muvofiqlik sertifikati asosida realizatsiya qilinishi nazorat qilib borilmoqda.

Shuningdek respublika bo‘yicha 2022 hosili uchun 127,3 ming gektar urug‘lik paxta maydonlardan 151 ming tonna urug‘lik paxta jamg‘arish rejalashtirilgan bo‘lib 121 ta paxta to‘qimachilik klasterlarida urug‘lik paxta xom ashyosini nav avlodlar aralashib ketmasligi, sifat ko‘rsatkichlari davlat andozalari talabiga javob berish hamda paxtani topshirish va qabul qilish ishtirokchilari tomonidan paxtani qabul qilish, sinovlarni o‘tkazishda nizoli holatlar oldi olinmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, respublikamizda bugungi kunda, amalga oshirilayotgan bu tadbirlar samarasi o‘laroq 2022 yil hosili uchun navdorlik va sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan, urug‘liklar bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlar yetishtiruvchilarni taʼminlash maqsadida Inspeksiyaning markaziy mahkamasi hamda viloyat boshqarma, tuman hududiy bo‘limlari tomonidan tegishli choralar belgilanib, nazorat tadbirlari olib borilmoqda.  

"O‘zagroinspeksiya" ning Don ekinlari urug‘lari yetishtirilishini nazorat qilish bo‘limi

Text to speech