“O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi don korxonalarida 2021 - yil hosilidan davlat resursiga qabul qilingan donni sifatli saqlanishi va ulardan oqilona foydalanishi, rejasiz tashishlar hajmini qisqartirilishi hamda ishlab chiqarishga berilayotgan donlarning sifat ko‘rsatkichlari ustidan nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Xususan:
Davlat resursiga qabul qilingan bug‘doydan viloyat ichida tashilgan 696 ming 486 tonnasi, viloyatlararo tashilgan 309 ming 54 tonna bug‘doy nazorat (inspektirovaniye) qilindi.
Shuningdek, chetga eksport qilingan jami 60 ming 251 tonna, shundan 24 ming 271 tonna bug‘doy, 26 ming 779 tonna un mahsulotlari, shuningdek, mamlakatimizga import qilingan 1 mln. 204 ming 841 tonna, shundan 1 mln. 79 ming 675 tonna bug‘doy, 112 ming 556 tonna un mahsulotlari tahlil qilindi va tegishli xulosalar berildi.
2021 - yil hosilidan yakunlangan 300 ta don partiyalari ko‘rib chiqildi va tegishli hujjatlar asosida tasdiqlandi.
Joriy yilning yanvar-oktyabr oylari davomida don korxonalari tomonidan bug‘doy doni partiyalariga tuzilgan 61 ta tozalov-dalolatnomalarida donning tabiiy kamayishi miqdori yuqori bo‘lganligi sababli Prokuratura organlariga huquqiy xulosa olish uchun taqdim etildi.
Bundan tashqari, 2021 - yilning yanvar-oktyabr oylarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 2365 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan bo‘lib, shundan ko‘rilgan taʼsir choralar:
- 1926 marotaba yozma ko‘rsatmalar berilgan;
- 150 ta taqdimnomalar kiritilgan;
- 5430 ta ogohlantiruvlar berilgan;
- 173 ta materiallar qonuniy qaror qabul qilish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga shundan, 126 ta sudlarga, 47 ta prokuraturaga yuborilgan.
Rasmiylashtirilgan maʼmuriy bayonnomalar 244 ta va jami taʼsir choralar soni 2192 tani tashkil etmoqda.
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash bilan bir qatorda aholimizni sifatli don va un mahsulotlari bilan taʼminlash imkoniyatini yaratadi.
Sardor Zuparov, Agroinspeksiyaning Don, urug‘lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i