Ayni pallada Respublikamizning don qabul qilish maskanlarida ish qizg‘in. Joriy yilning 30 iyun holatiga
davlat ehtiyojiga (tezkor maʼlumotlarga ko‘ra), qabul qilingan 2 mln. 133 ming 864 tonna bug‘doy donning 99,2 foizi 3-sinfni, 0,5 foizi 4-sinfni va 0,3 foizi 5-sinfni tashkil qiladi.
Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlari mutaxassislari tomonidan don qabul qilish korxonalariga qabul qilinayotgan donlarning sifati qayta sinovdan o‘tkazilganda, korxona laboratoriyalari xodimlari tomonidan donning sifatini noto‘g‘ri aniqlash hisobiga fermer xo‘jaliklariga jami 269 mln. 886 ming 300 so‘m kam, 4 mln. 769 ming 100 so‘m ko‘p to‘langanligi aniqlanib, xo‘jaliklarga qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Don topshiruvchilar va qabul qiluvchi korxonalar o‘rtasida donning sifati va sinfi bo‘yicha yuzaga kelgan 34 ta nizoli masalalar joyida hal etildi.
Davlat ehtiyoji uchun xarid qilinayotgan boshoqli donning sifati to‘g‘ri tahlil qilinishi Inspeksiya mutaxassislari tomonidan kunlik nazoratga olingan.
Sardor Zuparov, Inspeksiyaning Don, urug‘lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i