Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini “korrupsiyadan xoli qonunchilik” tamoyili asosida ishlab chiqish tartibi joriy etildi.
Ilmiy tashkilotlar va oliy taʼlim muassasalari vakillari hamda jismoniy shaxslar — mustaqil ekspertlarga normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ilmiy va mustaqil ekspertizadan o‘tkazish huquqi beriladi.
Qarorga muvofiq:
· amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar bosqichma-bosqich to‘liq korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi;
· Adliya vazirligi korrupsiyaga qarshi ekspertiza bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslubiy yordam ko‘rsatadi;
· korrupsiyaga qarshi ilmiy va mustaqil ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha eng yaxshi takliflarning davlat granti tanlovlari o‘tkaziladi;
· Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili 20 yanvarga qadar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish rejasi, yil davomida belgilangan sohalar doirasida aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha «Yo‘l xarita» tasdiqlanadi;
· normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarida aniqlangan korrupsiyaviy omillar tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini baholashning asosiy mezonlaridan biri etib belgilanadi.
Qurilish, sog‘liqni saqlash, oliy taʼlim va davlat xaridlari sohalarini tartibga soluvchi 75 ta qonunchilik hujjatidagi 302 ta korrupsiyaviy omillar bartaraf qilinadi.